Suriyaning yangi prezidenti 5 yillik o‘tish davri uchun konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi
Hujjat bilan hokimiyatlar bo‘linishi, sud tizimi mustaqilligi mustahkamlangan, shuningdek, ayollar huquqlari, so‘z va OAV erkinligi kafolatlangan.

Foto: Reuters
Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a besh yil davomida amalda bo‘ladigan vaqtinchalik konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi, deb xabar beradi Al-Jazeera.
Al-Shar’a hujjatni imzolarkan, bu «Suriya yangi tarixi»ning boshlanishi bo‘lishiga umid bildirdi.
Deklaratsiyada Suriyaning eski Konstitutsiyasi ba’zi bandlari, jumladan, mamlakat prezidenti musulmon bo‘lishi kerakligi, islom huquqi esa respublikada qonunchilikning asosiy manbai bo‘lib qolishi saqlanib qolgan.
Shuningdek, hujjat hokimiyatlar bo‘linishi va sud mustaqilligini mustahkamlaydi, ayollar huquqlari, so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, deklaratsiyada Bashar Asad tuzumi davrida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.
Yangi Xalq kengashi qonunchilik uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Konstitutsiyaviy deklaratsiya Suriya xalq kengashiga (parlamentga) prezidentni lavozimidan chetlatish yoki uning vakolatlarini cheklash huquqini beradi. Ammo amalda buni qilish qiyin bo‘ladi, chunki uning tarkibining uchdan bir qismi prezidentning o‘zi tomonidan, qolgan uchdan ikki qismi esa prezident tomonidan saylangan qo‘mita tomonidan tayinlanadi.
2024 yil dekabr boshlarida Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi bo‘lgan muxolifat kuchlari Damashqqa kirib, hokimiyatni egalladi. Asad oilasi bilan Moskvaga qochib ketdi. Asadga qarshi muxolifat kuchlariga «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi boshchilik qildi. O‘tish davrida Suriyaning prezidenti etib guruh yetakchisi Ahmad ash-Shar’a tayinlandi.
2025 yil mart oyida Suriyaning Asad tarafdorlari — alaviylar isyon ko‘tardi. 10 mart kuni Suriya Mudofaa vazirligi «ag‘darilgan rejim qoldiqlariga qarshi harbiy operatsiya» yakunlanganini e’lon qildi. Suriya inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-9 mart kunlari hukumat ta’siridagi kuchlar 39 ta ommaviy va ko‘plab individual qatllarni amalga oshirib, jami kamida 973 kishini o‘ldirgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

14:23 / 13.03.2025
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025