Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan yana qo‘shimcha yer ajratildi
Zoir Mirzayevning qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydoni Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratildi.
Foto: Cross Works
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning Yuqori Chirchiq tumani hududidan «Yangi Toshkent shahri»ni barpo etish direksiyasiga yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydoni Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratilgan.
Xususan, Bordonko‘l hududidan 75,22 gektar, Do‘stlik hududidan esa 47,1 gektar yer maydonlari ajratilgan.
Shu kunga qadar jami 220 gektardan ortiq yer maydonlari «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning oktyabrida Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga ajratib berilgandi.
Avvalroq 20 ming gektar maydonda bunyod etilayotgan Yangi Toshkent shahri qurilishiga ishchilar kerakligi e’lon qilingan edi. Bu ish o‘rinlari uchun 8-15 mln so‘m miqdorida maosh va’da qilingan.
Mavzuga oid
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
20:12 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda suvni 232 metr balandlikka otadigan super favvora quriladi
19:13 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
09:24 / 13.02.2026