Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarga katta miqdorda pul mukofotlari taklif qilinmoqda
Xususan, oilada dunyoga kelgan uchinchi farzand uchun 10 yil davomida subsidiya to‘lab boriladi.
Foto: Xinhua
Xitoy shimolida joylashgan Xuxxoto shahri (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududi ma’muriy markazi) rasmiylari tug‘ilish darajasini oshirish va jamiyat qarishiga qarshi kurashish bo‘yicha so‘nggi urinish doirasida pul mukofotlarini va’da qilmoqda, deb yozadi «Sinxua» agentligi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, shahar ma’muriyati birinchi farzandi dunyoga kelgan juftliklarga 10 ming yuan miqdorida (qariyb 1,4 ming dollar) bir martalik subsidiya taklif qiladi.
Ikkinchi farzandni dunyoga keltirgan oila uchun esa bola besh yoshga to‘lgunga qadar har yili 10 ming yuandan to‘lanadi. Uchinchi yoki undan ortiq farzand uchun subsidiya bola 10 yoshga to‘lguniga qadar to‘lab boriladi.
Shahar sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari o‘rinbosari Yan Chjunning ma’lum qilishicha, ushbu choralar tug‘ilishni oshirish va aholining ko‘payishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. «Ushbu siyosat shahardagi demografik rivojlanish bilan bog‘liq vaziyatni hal etishga qaratilgan yechim hisoblanadi», — deydi u.
Pekindan poyezdda ikki soatlik masofa uzoqligida joylashgan Xuxxoto shahrida 3,6 millionga yaqin odam istiqomat qiladi. Yan Chjunning aytishicha, 2019 yildan 2023 yilga qadar shaharda tug‘ilish darajasi kamaygan. 2023 yilda ushbu ko‘rsatkich har ming kishiga 5,58 ni tashkil etgan, 2024 yilga esa u biroz oshgan, chunki aksariyat juftliklar «Ajdaho yili»da farzand ko‘rishni xohlagan.
Eskpertlar tug‘ilishni rag‘batlantirish samardorligini hali tekshirib ko‘rish kerakligini aytayotganiga qaramay, ko‘plab juftliklar ushbu siyosatni olqishlamoqda.
Avvalroq Xitoyda 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yangi nikohlar soni ushbu hisobni yuritish boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Kavkaz «Barselona»si. «Qorabog‘» YeChLda tarix yozmoqda
Sport | 20:14 / 06.11.2025
Xitoyda talaba bo‘lish va yashash: buni qanday amalga oshirish mumkin?
Ta’lim | 17:38 / 06.11.2025
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
Jahon | 23:30 / 07.11.2025
-
Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta va avtobuslarning yo‘nalish raqami ko‘rinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:59 / 07.11.2025
-
Istanbul Bosh prokuraturasi Netanyahuni genotsidda ayblab, hibsga olishga order berdi
Jahon | 22:49 / 07.11.2025
-
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
Jamiyat | 22:20 / 07.11.2025
Mavzuga oid
22:16 / 28.10.2025
Tug‘ilish pasayishining asosiy omili ayollar mustaqilligining oshishi bo‘ldi – tadqiqot
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
18:14 / 01.10.2025
7 milliard dollar o‘g‘irlagan «asr firibgari» aybini tan oldi
22:45 / 29.09.2025