Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada tilla unitazni o‘g‘irlashga aloqadorlar sud qilindi
Og‘irligi qariyb 100 kiloga yetadigan tilladan ishlangan unitaz 2019 yilda Blenxeym saroyidagi ko‘rgazmadan o‘g‘irlab ketilgandi.
Oksford qirollik sudi 2019 yilda tilladan yasalgan unitazni o‘g‘irlagan ikki gumonlanuvchi ishini ko‘rib chiqdi. Sud Maykl Jonsni o‘g‘irlik va buzib kirishda, Fred Dou esa o‘g‘irlangan buyumni tashish maqsadida til biriktirishda aybdor deb topdi.
Oldinroq sud jinoyatning yana bir ishtirokchisi Jyeyms Shinni o‘g‘irlik va buzib kirish hamda o‘g‘irlangan buyumni tashish maqsadida til biriktirishda aybdor deb topgan edi. Gumonlanuvchilardan yana biri oqlangan. Maykl Jons va Fred Douga nisbatan hukm keyinroq chiqariladi.
Tilla unitaz — italiyalik ijodkor Mauritsio Kattelan tomonidan Nyu-Yorkdagi Solomon Guggenhaym muzeyi uchun yasalgan zamonaviy san’at obekti hisoblanadi. Muallif o‘z asarini «Amerika» deb nomlagan. Unitaz o‘g‘irlab ketilishidan oldin 6 million dollarga sug‘urtalangan edi, uni tayyorlashda esa taxminan 4 million dollarlik oltindan foydalanilgan.
2019 yilda ushbu obekt Blenxeym saroyidagi ko‘rgazmaning bir qismiga aylangandi. Mazkur saroy Malboro gersoglari qarorgohi bo‘lib, u yerda Uinston Cherchill tug‘ilgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar undan o‘z maqsadida foydalanishi mumkin edi. Kattelanning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z asari orqali tengsizlik va san’at bozoridagi muammolarga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan.
O‘sha yilning sentabr oyida jinoyatchilar yuk mashinasida saroyning yog‘och darvozasini buzib, bino ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ng ular og‘irligi 100 kilogrammga yetadigan unitazni olib ketgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular unitazni mayda bo‘laklarga bo‘lib, sotib yuborgan.
O‘tgan yili Mauritsio Kattelanning devorga skoch lentasi bilan yopishtirilgan banandan iborat asari 6,2 million dollarga sotilgan edi.
Mavzuga oid
17:26 / 23.06.2026
Britaniyada o‘n yil ichida yettinchi bosh vazir almashmoqda. Qirollikni kimdir o‘nglay oladimi?
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
18:59 / 22.06.2026
Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi
14:24 / 21.06.2026