Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasi raisi bo‘ladi
BMT Bosh Assambleyasi raisining vazifalari yig‘ilishlarni boshqarish va vakillik funksiyalarini bajarishdan iborat. Germaniya oxirgi marta 1980 yilda Bosh Assambleyada raislik qilgan.

Foto: Getty images
Kuzdan boshlab Germaniyaning amaldagi tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasi raisi lavozimini egallaydi. Ushbu lavozimda bir yil davomida faoliyat yuritish mumkin. May oyida Berbok Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida o‘z ish dasturini taqdim etishi, sentabr oyida esa ishga kirishishi kerak.
Biroq Berbok bu lavozimni xohlamagan ko‘rinadi. Berlindagilarning hisoblashicha, u tashqi ishlar vaziri lavozimida qolishni istagan. Berbok «Yashillar» partiyasining saylovoldi kampaniyasida katta ishtiyoq bilan qatnashgan va mish-mishlarga ko‘ra, partiya mag‘lubiyatga uchragan taqdirda o‘zining kelajakdagi siyosiy imkoniyatlarini safdoshlar bilan muhokama qilgan. Aftidan, o‘sha paytda u BMT lavozimiga «zaxira aerodromi» sifatida qaragan bo‘lishi mumkin.
BMT Bosh Assambleyasi raisining vazifalari yig‘ilishlarni boshqarish va vakillik funksiyalarini bajarishdan iborat. Bu lavozim har yili almashib turadi. Germaniya oxirgi marta 1980 yilda Bosh Assambleyada raislik qilgan.
Bild ma’lumotlariga ko‘ra, «Yashillar» partiyasining saylovlardagi og‘ir mag‘lubiyatidan so‘ng Annalena Berbok darhol «deyarli kansler» Fridrix Mersga murojaat qilgan. Tabiiyki, uning yordamisiz Berbok BMTdagi lavozimga da’vo qila olmas edi.
Shundan so‘ng aslida ushbu lavozimni egallashi kerak bo‘lgan tajribali diplomat va avvalgi YXHT bosh kotibi Helga Shmid o‘z o‘rnini Berbokka bo‘shatgan. Endi Shmid 2026 yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasini tayyorlash bo‘yicha operativ ishlar bilan shug‘ullanadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?
Jamiyat | 12:35
-
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
O‘zbekiston | 11:23
-
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sport | 09:45
Mavzuga oid

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT

20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

23:35 / 14.05.2025