Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln 273 ming 170 dollar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijiy valutalarni Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan yig‘ib, mazkur ayolga bergan – poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroning Toshkent tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida Qozog‘istonga olib o‘tish uchun tayyorlab qo‘yilgan 399 ming 170 AQSh dollari borligi ham aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln 273 ming 170 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
16:02 / 05.12.2025
Soxta dollarni qanday aniqlash mumkin?
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
20:31 / 22.11.2025