Kreml: Rossiya va AQSh 24 mart kuni g‘alla bitimini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
Muzokaralar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Rossiya tomonidan unda Federatsiya Kengashi qo‘mitasi rahbari va FXX direktori maslahatchisi ishtirok etadi.

Foto: iStock
Rossiya va AQSh delegatsiyalari Qora dengiz akvatoriyasida kemalar xavfsizligiga oid «Qora dengiz tashabbusi»ning qayta tiklanish imkoniyati yuzasidan muzokaralar olib boradi. Bu haqda RF prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi maslahatlashuvlar 24 mart kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Rossiya delegatsiyasiga muzokaralarda Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasin va Federal xavfsizlik xizmati direktori maslahatchisi Sergey Beseda boshchilik qiladi.
«Eslatib o‘taman, 2022 yil iyul oyida tegishli paket kelishuvlari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ko‘magi va ishtirokida imzolangan edi, biroq bu kelishuvlar to‘liq hajmda amalga oshmadi», — deydi Ushakov.
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff oldinroq AQSh va Rossiya delegatsiyasi 23 mart kuni Jiddada muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20 mart kuni tomonlar «oxirgi nyuanslarni kelishib olgani», muzokaralar 23 martda emas, boshqa kuni o‘tkazilishini aytgandi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida Qora dengiz g‘alla tashabbusini qayta tiklashdan tashqari, Rossiya—Ukraina urushini tugatishning boshqa «nyuanslari» va «jihatlari» muhokama qilinadi.
Qora dengiz g‘alla tashabbusi — bu Ukraina g‘allasini eksport qilish bo‘yicha kelishuv bo‘lib, u 2022 yil iyulidan 2023 yil iyuligacha amal qilgan. Ushbu bitim Turkiya va BMT vositachiligida imzolangan. Rossiya ushbu kelishuvning Rossiya o‘g‘itlariga oid qismi bajarilmaganini ta’kidlagan. Oradan bir yil o‘tib, Rossiya uni uzaytirishdan bosh tortgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi
Jahon | 11:31
-
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:29
-
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi
O‘zbekiston | 09:46
-
Kim Chen In «imperialistik qaroqchilar»ga qarshi mo‘ljallangan kemani suvga tushirdi
Jahon | 09:43
Mavzuga oid

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025