The Telegraph: Makron Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlarini yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda
Fransiya prezidenti ushbu mavzuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muhokama qilgan.

Foto: AFP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainadagi potensial tinchlik kelishuvini nazorat qilish uchun BMT missiyasidan foydalanish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deb xabar beradi Britaniyaning The Telegraph gazetasi.
Makron tinchlikparvar kuchlarni yuborish mavzusini BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan 20 mart kuni o‘tkazilgan Yevropa kengashi sammitida muhokama qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Makron Ukrainaga Yevropa qo‘shinlari kiritilishining muqobil variantlarini «faol o‘rganib chiqmoqda» — bu rejani oldinroq Fransiya prezidenti Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan birgalikda ishlab chiqqandi.
The Telegraph’ning qayd etishicha, BMT tinchlikparvar kuchlari yuborilishini Xavfsizlik Kengashi ma’qullashi kerak, ammo Rossiya va ehtimol, AQSh bu taklifga qarshi chiqishi mumkin.
Emmanuel Makron va Kir Starmer Ukrainada tinchlikni o‘rnatishga urinayotgan NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari guruhi — «Tayyorlar koalitsiyasi»ga boshchilik qilmoqda. Ushbu guruh Ukrainaga Yevropa qo‘shinlarini yuborish rejasini ishlab chiqqan, ammo hozircha nechta davlat o‘z harbiylarini yuborishi va ularning vazifasi nimadan iborat bo‘lishi aniq emas. O‘z navbatida Buyuk Britaniya Ukraina havo makonini himoya qilish uchun qiruvchi samolyotlar yuborishi mumkinligini bildirgan.
Rossiya vakillari Ukrainada har qanday NATO qo‘shinlarining ishtirokini «qabul qilib bo‘lmasligini» bildirgan. Emmanuel Makron esa faqat Ukraina, Rossiya emas, o‘z hududini kim himoya qilishini hal qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

21:15 / 02.06.2025
Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

01:02 / 30.05.2025