Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol sobiq turmush o‘rtog‘idan uy ishlarini bajarib kelgani uchun 35 ming dollar undirdi
U sudda yillar davomida uy ishlarini bajarib kelgani uchun sobiq eridan 7 ming dollar talab qilgan. Ammo sud unga to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini besh baravarga oshirgan.
Foto: Shutterstock
Xitoyda ajrashayotgan ayol sobiq turmush o‘rtog‘idan yillar davomida bajargan uy ishlari uchun 7 ming dollar talab qildi. Biroq sud uning holatini inobatga olib, to‘lov miqdorini 35 ming dollar etib belgiladi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Qayd etilishicha, Xu va Van 13 yil davomida birga yashab, bir qizni tarbiya qilgan, ammo oxirgi yillarda ularning munosabati juda yomonlashgan. Navbatdagi janjaldan keyin ayol uydan chiqib ketgan va ajrashish uchun ariza bergan.
Mol-mulkni bo‘lish va qizining vasiyligini belgilashdan tashqari, Xu sud orqali bajargan uy ishlari uchun 7 ming dollar talab qilgan. Xitoy Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, agar tomonlardan biri bu majburiyatlarni bajarmagan bo‘lsa, ikkinchi tomon uy ishlari uchun kompensatsiya talab qilish huquqiga ega.
Ta’kidlanishicha, ayol ushbu kompensatsiya uchun to‘la haqli hisoblanadi, chunki u turmushga chiqish uchun ishdan bo‘shagan va butun vaqtini qizini tarbiyalash va uy ishlarini tartibga keltirishga qaratgan. Turmush o‘rtog‘i esa uy ishlari bilan umuman shug‘ullanmagan.
Sud ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, ayolning holatiga hamdardlik bildirgan, vasiylik va aliment to‘lash majburiyatini tasdiqlagan hamda uy ishlari uchun kompensatsiya summasini 35 ming dollargacha oshirgan.
Bu ajrashayotgan erkakni juda ajablantirgan, ammo sud vakillari unga «nikoh – bu ikki tomon uchun ham mehnat» ekanini tushuntirgan.
«Biz unga uy ishlari ko‘zga ko‘rinmas bo‘lishi mumkinligi, ammo bu ularning qiymati yo‘q degani emasligini aytdik. Uy ishlari er-xotin o‘rtasida teng taqsimlanishi kerak», – deydi sudya yordamchisi Fu Sayya.
Mavzuga oid
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
08:05 / 07.04.2026
Strategik resurslar xaritasi: nodir yer elementlari kimning qo‘lida?
08:02 / 06.04.2026
Type 96 dronlarga qarshi: Xitoyning 2500 ta tanki yangi himoya bilan jihozlandi
21:16 / 05.04.2026