BMT: 2024 yilda dunyo bo‘ylab 8938 nafar migrant halok bo‘ldi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro migratsiya tashkiloti 2024 yilda dunyo bo‘ylab migratsiya yo‘llaridagi eng ko‘p o‘lim holatlarini qayd etdi. Haqiqiy ko‘rsatkich sezilarli darajada yuqori bo‘lishi mumkin.

Foto: AP
2024 yilda dunyoda migratsiya yo‘llari bo‘ylab 8938 nafar muhojir halok bo‘lgani hujjatlashtirilgan. Bu ma’lumotlar BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) saytida 21 mart, juma kuni e’lon qilindi.
XMT bu ko‘rsatkichni rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkich deb atadi. Tashkilot 1951 yildan beri faoliyat yuritadi. XMT muhojirlar o‘limi jadvali 2014 yilda hisoblana boshlangan. Bu ko‘rsatkich 2016 va 2020 yillar oralig‘ida pasaygan, biroq shundan beri har yili o‘sib bormoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p muhojirlar 2024 yilda Osiyo (2778), O‘rta Yer dengizi mintaqasi (2452) va Afrikada (2242) vafot etgan.
Haqiqiy ko‘rsatkich yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin
«Muhojirlarning o‘limi va g‘oyib bo‘lishining haqiqiy soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki ularning ko‘pchiligi hujjatlashtirilmagan», deb ta’kidlaydi XMT ekspertlari. Ular gap minglab halok bo‘lganlar haqida ketayotganiga ishona qildi.
18 mart kuni XMT yillik moliyalashtirishni 30 foizga qisqartirishini e’lon qildi, birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlardan. Bu tashkilotdagi xodimlar sonining qisqarishiga va bir qator loyihalar qayta ko‘rib chiqilishiga olib keldi.
Tavsiya etamiz
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda humanoid robot sotuvga chiqariladi
Fan-texnika | 00:41
-
Alphabet Wiz startapini 32 mlrd dollarga sotib oladi
Fan-texnika | 00:00
-
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi
Jamiyat | 23:35 / 23.03.2025
-
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi
Jahon | 23:11 / 23.03.2025
Mavzuga oid

17:36 / 21.03.2025
The Telegraph: Makron Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlarini yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda

15:21 / 20.03.2025
O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi

09:33 / 20.03.2025
BMT Rossiyani Ukrainadagi insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda

20:45 / 19.03.2025