Futbol böyiça milliy jamoaning muhim öyinlari uçun çipta oliş – doim boşoğriq, stressli jarayon. Insofsiz olibsotarlar bitta çiptani bir neçta odamga pullagani uçun Qirğizistonga qarşi öyin oldidan çiptasi bor köplab odamlar taşqarida qolib ketdi. Xöş, ilğor mamlakatlar talabgir futbol çiptalari masalasini qanday hal qilgan?

Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi 20 mart kuni Toşkentda JÇ-2026 saralaşi doirasida Qirğizistonni qabul qildi. Bu öyindagi ğalaba mezbonlarni jahon çempionatiga ança yaqinlaştirardi, şu sababdan bölsa kerak, öyinni stadiondan turib kuzatiş iştiyoqida bölgan muxlislar soni har qaçongidan ham köp edi.

Lekin çiptalar bilan boğliq maşmaşalar bu öyinda ham kuzatildi.

“Dublikat” yoki qalbaki çiptalar

Bu safar çiptalarning onlayn savdosi öyin kunidan ança avval boşlandi. Mutasaddilar çiptalar bir qölli bölib ketişining oldini olişmoqçi böldi şekilli, ular iTicket platformasiga bölib-bölib joylaştirildi. Ammo bu yeçim samara bergani yöq.

Çiptalarning elektron savdosi oçilgaç, OLX.uz va şunga öxşagan onlayn savdo platformalarida hamda stadion atrofida çiptalarning “ikkinçi qöl” savdosi boşlandi. Narxlar juda qimmat. Kimdir 75 mingdan olgan bitta yoki ikkita çiptasini qimmatroq sotiş ilinjida e’lon bergan bölsa, ayrim e’lonlarda turli sektorlardan köp miqdordagi joylar taklifini köriş mumkin edi.

Masalan, 40 ming sömlik eng arzon çiptalar ham 200 ming söm atrofida taklif qilindi. Natijada öyin boşlanişidan oldin 34 ming tomoşabin siğimiga ega “Bunyodkor” stadioni atrofi muxlislar bilan tölib, anşlag boşlandi.

Bundan foydalangan “uddaburon tadbirkorlar” onlayn olingan çiptalarni nusxalab, bir neça kişiga sotib yuborgan. Oqibatda kim birinçi bölib tekşiruvdan ötsa, stadionga kirdi, qolganlar esa qölida çiptasi bilan taşqarida qolib ketdi.

Bundan taşqari, stadionga muxlislarni kiritiş keç boşlandi. Eşiklar öyinga kam vaqt qolganda oçilişi sababli, tartibsizlik kelib çiqdi. Ayrim kiriş joylarida nazoratçilar tomonidan çiptalar ma’lum vaqt davomida skaner qilinmasdan ötkazib yuborildi. Muxlislarning sözlariga köra, boşqa odamning çiptasini rasmga olganlar va taniş-biliş qilganlar ham talatöpda içkariga kirib ketgan. Natijada stadion tölib bölgaç, öyin boşlanişiga bir neça daqiqa qolganda, eşiklar yopilib, muxlislarning kirişi çeklab qöyildi. Haqiqiy çiptasi bor, ammo öyinga bemalolroq kelgan muxlislar esa taşqarida qolib ketdi, videolardan ularning soni yuzlab nafar ekanini köriş mumkin.