AQŞ va Isroil Eronga qarşi boşlagan uruşini butun dunyo aholisi öz tanasida his qilmoqda. Uruş sabab dunyo energetika zanjirida uziliş böldi, neft mahsulotlari tanqisligi hamma narsaning narxini oşirdi. Eronda hayot izdan çiqdi, u yerdagi hammaga juda qiyin böldi. Quyida Eron futboli qanday qiyin kunlarni boşdan keçirayotgani haqida gaplaşamiz.

«Eron mundialga boradi»

Demak futbol muxlislarini öylantirayotgan birinçi savol: Eron milliy jamoasi AQŞda ötadigan jahon çempionatiga boradimi? Ha, boradi. FIFA prezidenti Janni Infantino buni rasman taşkilot nomidan aytib tasdiqladi. Eron mundialga bormasligi haqida miş-mişlar çiqdi, lekin bu borada rasman heç qanday bayonot berilmadi.

Jurnalistlar Trampdan ham bu haqda söraşdi. «Bu umuman meni öylantiradigan masala emas», deb javob berdi AQŞ prezidenti. Ya’ni AQŞ Eron mundialga borişiga qarşilik qilmoqçi emas. Bunday bölganida Tramp «yöq, Eronga ruxsat bermaymiz», deb aytgan bölardi.

Amerikaga viza oliş şundoğam qiyin iş, Tramp kelgaç bu yanada qiyinlaşdi. Eron milliy jamoasi-ku FIFA orqali viza olişi muammo bölmasa kerak. Lekin eronlik muxlislar Amerikaga borişda muammoga duç kelişi ehtimoli yuqori. Ikki davlat özaro uruş holatida, duşmanlik çöqqiga çiqqan. Avvalo eronliklar yoppasiga Amerikaga borişga intilmasa ham kerak.

Biroq Eron Amerika mundialida muxlislar qöllovisiz qolmasligi aniq. Amerikaning agressiv uruşi sabab amerikaliklar Eronni qöllasa ham hayron qolmang. Amerika muhojirlar mamlakati, ular orasida ham eng köp qöllanadigan jamoa katta ehtimol Eron böladi.

Ma’lumot uçun, Eron milliy jamoasi jahon çempionatining «G» guruhida Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya bilan kuç sinaşadi. Forslarning ikki öyini Kaliforniyada, bir öyini Sietlda ötkaziladi. FIFA Eronning öyinlarini Meksika yoki Kanadaga köçirişi ham mumkin, lekin forslar guruhdan çiqsa, baribir Amerikaga borişiga töğri keladi. Xullas, bu jarayonni kuzatiş qiziq böladi.

Ozmun xoinmi?

Eronlik futbolçilar orasida eng maşhuri Sardor Ozmun. Turkman millatiga mansub hujumçi şu kunlarda muhokama markazida. Eron naşrlarida yozilişiça, Ozmun milliy jamoadan çetlatilgan va uning mamlakatdagi mol-mulklari musodara qilinişi mumkin ekan. Xabarlarga köra, Ozmun göyoki «Eron duşmanlari bilan hamkorlik qilgani uçun» öziga xos qora röyxatga tuşibdi. Barçasiga Ozmun Instagram'da BAA yetakçisi Muhammad ibn Zayd bilan tuşgan suratni joylagani sabab ekan.