Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari uchun Yaponiyada ishlash imkoniyati kengayadi
O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Menejment va rezidentlikni qo‘llab-quvvatlash departamenti bosh direktori Fukuxara Nobuko, "Texnik stajyor" va "Maxsus malakali ishchilarni" tayyorlash loyihasi direktori Ando Kentaro bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyada bo‘lish vaqtida duch kelayotgan muammolar va ularning huquqlarini mustahkam himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borish uchun "maxsus malakali ishchi" maqomi bo‘yicha imtihon yo‘nalishlarini kengaytirishga kelishib olindi. Xususan, joriy yilning mart oyidan boshlab bino tozalash, aprel oyidan esa kemasozlik va haydovchilik kabi yangi yo‘nalishlar ochilishi ma’lum qilindi.
Muzokaralar yakunida migratsiya yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida doimiy muloqotni davom ettirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026