Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi
Masofadan boshqariladigan ROV SuBastian qurilmasi yordamida tadqiqotchilar 1 300 metr chuqurlikdagi dengiz tubini o‘rgandi.

Foto: Freepik
Shmidt nomidagi Okean instituti mutaxassislari Antarktidadan ajralgan ulkan A-84 aysbergi ostida shakllangan dengiz tubini birinchi bo‘lib o‘rgandi. Tadqiqotchilar o‘nlab yoki hatto yuzlab yillar davomida muz ostida yashab kelgan boy va xilma-xil ekotizimga duch keldi.
2025 yil 13 yanvardan Georg VI shelf muzligidan ajratilgan aysbergning maydoni 510 kilometr kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, masofadan boshqariladigan ROV Subastian qurilmasi yordamida tadqiqotchilar 1 300 metr chuqurlikdagi dengiz tubini o‘rgangan. Ular katta marjonlar, muz baliqlari, ulkan dengiz o‘rgimchaklari va sakkizoyoqlar yashaydigan ekotizimni aniqladi. Olimlarning taxminiga ko‘ra, ushbu jonzotlar o‘nlab yoki hatto yuzlab yillar davomida muz ostida mavjud bo‘lib kelgan.
Odatda, chuqur suv ekotizimlari oziq moddalarni tashqi manbalardan oladi. Biroq ushbu hudud 150 metr qalinlikdagi muz ostida quyosh nuri va tashqi resurslardan to‘liq uzilgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ekotizim okean oqimlari orqali keladigan oziq moddalar hisobiga yashab kelgan.
Biologik tadqiqotlardan tashqari, mutaxassislar mintaqa geologiyasi va fizik okeanografiyasi bo‘yicha ham ma’lumotlar to‘plagan. Ular avtonom suvosti qurilmalari yordamida muz erishi natijasida hosil bo‘lgan suv okeanning kimyoviy va fizik xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgangan. Ushbu ma’lumotlar iqlim o‘zgarishi Antarktida muz qoplami va dengiz sathiga ta’sirini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
«Ekspeditsiya ilk bor shunday yirik shelf muzligi ostidagi ekotizimlarni batafsil o‘rganish imkonini berdi. Ushbu kashfiyot hayot qanday qilib ekstremal sharoitlarda mavjud bo‘lishi mumkinligi hamda iqlim o‘zgarishining Antarktidadagi ta’sirini tushunish uchun nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36
-
AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 23:34
-
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi
Jahon | 22:57
Mavzuga oid

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi

23:00 / 25.01.2025
Dunyodagi eng yirik aysberg bir yilda o‘z maydonining qariyb 9 foizidan ayrildi

13:57 / 24.01.2025