Venesuelaga AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarning birinchi guruhi yetib keldi
AQSh va Venesuela o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligi sababli, migrantlarni olib ketgan samolyot dastlab Gondurasga qo‘ngan.

Foto: AP
Venesuelaga AQShdan deportatsiya qilingan 199 nafar migrantni olib kelgan birinchi samolyot qo‘ndi, deb xabar beradi Euronews.
Qayd etilishicha, dushanba kuni ertalab samolyot Karakas shimolidagi asosiy xalqaro aeroport – Mayketiyaga yetib kelgan. AQSh va Venesuela o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligi sababli, migrantlarni olib ketgan samolyot dastlab Texasdagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilgan va Gondurasga qo‘ngan, u yerdan esa migrantlar boshqa samolyot orqali Venesuelaga jo‘natilgan.
«Ushbu insonlarning Qo‘shma Shtatlarda qolishi uchun qonuniy asosi yo‘q. Kelajakda Venesuelaga deportatsiya reyslari doimiy ravishda amalga oshirilishini kutyapmiz. Noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilgani uchun Gonduras prezidenti Kastro hamda uning hukumatiga minnatdorlik bildiramiz», — deyiladi AQSh bayonotida.
O‘tgan hafta Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va AQSh prezidenti Donald Tramp migrantlarni deportatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi. Venesuelaga repatriatsiya fevral oyida to‘xtatilgandi, bunga Oq uy rahbari Chevron kompaniyasini Janubiy Amerika davlatida faoliyat yuritish litsenziyasidan mahrum qilgani sabab bo‘lgan.
Reyslarni tiklash bo‘yicha qaror Vashington 238 nafar venesuelalikni Salvadordagi CECOT mega qamoqxonasiga jo‘natganidan keyin qabul qilingan. AQSh hukumati ularni «Tren-de-Aragua» jinoiy guruhiga aloqadorlikda ayblagan. Shu bilan birga, deportatsiya qilingan fuqarolarning qarindoshlariga ko‘ra, aslida bunday emas, Vashington bo‘lsa, dalillarni e’lon qilmagan.
«Migratsiya — jinoyat emas va biz bunga muhtoj bo‘lganlarning barchasi qaytarilmaguncha hamda Salvadorga o‘g‘irlab ketilgan birodarlarimizni qutqarmaguncha tinchimaymiz», — deydi Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges Gomes.
O‘tgan hafta Nikolas Maduro o‘z hukumatiga AQShda qo‘lga olingan venesuelalik migrantlar repatriatsiyasi uchun zarur bo‘ladigan reyslar sonini oshirishni buyurgandi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
Mavzuga oid

08:52 / 23.04.2025
Murakkab vaziyatda qolgan mehnat migrantlariga moliyaviy yordam miqdori oshirildi

08:55 / 22.04.2025
Rossiya noqonuniy migrantlarga o‘z holatini qonuniylashtirish muhlatini uzaytirishi mumkin

17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

15:39 / 20.04.2025