“Bola yolg‘on gapirgan” – maktabda noma’lum shaxslar berib ketgani aytilgan konfetni o‘quvchi o‘zi sotib olgani ma’lum bo‘ldi
Bolalar ombudsmani Andijonda maktab o‘quvchilariga noma’lum tarkibdagi konfet tarqatilayotgani haqidagi xabarni o‘rgandi. Shirinlik iste’molidan bir bola vafot etgani rad qilindi. O‘quvchilar qo‘liga tushgan konfet tarkibida zararli moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.
Maktablar atrofida noma’lum shaxslar o‘quvchilarga xavfli shirinlik tarqatayotgani, shunday shirinlik sabab bir bola vafot etgani haqidagi xabar Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Oltinko‘l tumani IIB tomonidan aniqlanishicha, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 18-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi X.M. (2015 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) mazkur hududda joylashgan savdo do‘konidan 1 000 so‘mga 3 dona “STRAWBERRY” nomli konfet sotib olgan. So‘ng maktabga kelgan vaqtida sinfdoshi O.A. undan shirinlikni qayerdan olganini so‘ragan. Bola shirinlikni unga go‘yoki notanish shaxs berib ketganini aytib, yolg‘on gapirgan.
Maktab hamshirasi O.A. bolaning gapidan xulosa qilib, ijtimoiy tarmoqlarga maktab atrofida notanish shaxslar o‘quvchilarga “STRAWBERRY” nomli shubhali konfet bergani haqidagi haqqoniy bo‘lmagan xabar tarqatgan.
Bolalar ombudsmani konfet iste’moli oqibatida bola vafot etgani to‘g‘risidagi xabar ham haqiqatga zidligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Konfet tarkibida inson sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirildi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

23:35 / 23.03.2025
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

16:52 / 18.03.2025
Andijon xalqaro aeroporti 20 mart kuni ochiladi

15:16 / 16.03.2025