Turkiyani 22 yildan buyon boşqarib kelayotgan Erdöğan – hozir rasman oxirgi prezidentlik muddatini ötayapti. Lekin agar muxolifat talab qilayotganidek, muddatidan ilgari saylov ötkazilsa, u yana nomzodini qöya oladi. Va bu saylov prezidentning asosiy raqibi Imomöğlining iştirokisiz ötişi mumkin.
Istanbul meri, muxolifatdan prezidentlikka nomzod Akram Imomöğlining hibsga olinişi Turkiya böylab keng namoyişlarga sabab böldi. Mamlakatda keçayotgan hozirgi siyosiy jarayonlar butunjahon e’tiborida turibdi. Kun.uz'ning ötgan hafta yakunlariga bağişlangan “Geosiyosat” dasturida ham siyosatçilar bu haqdagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Turkiya uçun bunday siyosiy silkinişlar begona emas, deydi tahlilçi Bektoş Berdiyev. U Erdöğanning jamiyat orasidagi obro‘-e’tibori yuqoriligidan kelib çiqib, amaldagi hukumat bu norozilik tölqiniga bardoş bera olişini aytadi.
“Isroil va boşqa mamlakatlar nazarida, Erdöğanning potensial yengilişi Turkiyada yangi davrni boşlab berişi mumkin”, deydi u.
Iqtisodçi Zokir Usmonov Turkiya iqtisodiyotidagi muammolarga e’tibor qaratdi. U ayniqsa liraning qulaşi amaldagi hokimiyatga bölgan işonçga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlaydi. “Imomöğlining qölga olinişida, menimça, közga körinmas sabab: kamolçilar va diniy qatlam örtasida kuraş ham bor”, deydi u.
Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov kuzatuvlariga asosan, “Erdöğanning yetakçiligi sezilarli geosiyosiy özgarişlarga olib kelgan, Turkiyaning xalqaro öyinçilar qatoriga qöşilişiga aynan u sababçi”.
Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert Şavkat Ikromov fikrlari biroz boşqaça: “Erdöğan asosan ritorik çiqişlar qiladi va katta davlatlar uçun u bilan til topişişda jiddiy muammo yöq. Içki siyosatda esa amaldagi prezident davrida iqtisodiy vaziyat barqaror bölmayapti”.
Erdöğan avvalroq 2028 yildagi saylovlarda öz nomzodini qöymaslikni va’da qilgan, lekin oxirgi vaqtlarda muddatidan ilgari saylovlar haqida köp gapirilmoqda. Agar saylov 2028 yilda emas, muddatidan ilgari ötkazilsa, u holda konstitutsiyaga kiritilgan özgarişga asosan, Erdöğan unda öz nomzodini qöyişga haqli böladi.
Muddatidan ilgari saylov ötkazişni muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi ham talab qilyapti. Bu partiyaning prezidentlikka nomzodi – Akrom Imomöğlining hibsga olinişi esa turkiyaliklarda bölajak saylov taqdiri hal qilinayotgandek tasavvur uyğotdi.












