Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (AFAD) ma’lumotiga köra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Marmar dengizi hududida, Istanbulning ğarbiy çekkalaridan uzoq bölmagan hududdaqayd etilgan.

Zilzila epimarkazi Istanbuldan 80 km ğarbda bölgan, öçoği 7 km çuqurlikda joylaşgan.

Soat 12:13 dagi birinçi yer silkinişi kuçi esa 3,9 magnitudaga teng bölgandi. Soat 12:49 dagi eng kuçli yer silkinişi ortidan 4,4 dan 4,9 magnitudagaça bölgan köplab zilzilalar kuzatilgan.

Rasmiylar keyingi soatlar mobaynida 50 dan ortiq afterşok qayd etilganini ma’lum qilgan.

«Soat 15:12 holatiga köra 51 ta afterşok qayd etilgan, ulardan eng kuçlisi 5,9 magnitudali böldi», — deya yozdi Mamlakat içki işlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmoğida.

Uning sözlariga köra, 6,2 magnitudali zilzilada «yer jami 13 soniya davomida qimirlab turgan».

Xalq ta’limi vaziri Istanbulda maktablar payşanba va juma kunlari ta’tilga çiqişini ma’lum qildi.

Reuters agentligi qayd etişiça, bu 16 million aholi yaşovçi şaharda sönggi yillarda kuzatilgan eng kuçli yer silkinişlaridan biri böldi.

Rasmiylarga köra, yer qimirlaşini Istanbulga qöşni bölgan viloyatlar, şuningdek, taxminan 300 km şarqdagi poytaxt Anqarada ham sezişgan.

AFP agentligi zilzilani hatto Bolgariya poytaxti Sofiyada ham sezişganini xabar qilgan.

Jiddiy vayrongarçiliklar haqida xabarlar kelib tuşmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar binolarni şoşilinç tarzda tark etayotgani va köçalarda hamda maydonlarda töplangani aks etgan videolar keng tarqaldi.

Zilzila vaqtida odamlar vahimaga tuşib, binolarni taşlab çiqdi. Foto: Anadolu