Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Samarqand şahrida amaliy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda Özbekiston-Rossiya döstlik, keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Barça yönalişlarda faol muloqotlar va sermahsul almaşinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi oşmoqda. Hududlar va yetakçi sanoat korxonalarining kooperatsiyasi kuçaymoqda. Madaniyat, san’at, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda.

«Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.