Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Sirdaryo va Navoiyda Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan 38 va 14 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida pul evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Shirin shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda F.R. ismli shaxs fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, o‘zi va uning tanishini 38 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborish va viza olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan pullar hisobidan 52 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. ismli shaxs (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 14 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Chilonzorda AQShga ishga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026