Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT idorasi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksportida ko‘maklashadi
UNOPS O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatlarini o‘rganyapti.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va BMTning Loyihalarga xizmat ko‘rsatish vakolatxonasi (UNOPS) ijrochi direktori yordamchisi Kristine Damkyayer o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil qilindi.
UNOPS direktorining yordamchisi Kristine Damkyayer tashkilot O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatlarini o‘rganayotganini bildirdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqarish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan kelishib oldi.
UNOPS – BMTning ixtisoslashgan agentligi bo‘lib, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, xaridlar va loyihalarni boshqarish sohalarida global miqyosda faoliyat yuritadi. Tashkilot sog‘liqni saqlash sektorida barqaror va samarali yechimlarni yaratish maqsadida davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026