Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi
Rossiya va Eronda neft va energetika sanoatiga cheklovlarning kuchaytirilishi «maxfiy flot» deb ataladigan, butun dunyo bo‘ylab sanksiyalangan yuklarni tashuvchi eski va ko‘pincha sug‘urtalanmagan kemalar nazoratini kuchaytirdi.
Panama o‘z bayrog‘i ostida suzayotgan 128 ta kemaning ruxsatnomasini bekor qiladi, ularning ko‘pchiligi Eron bilan Rossiyaga tegishli va AQSh, Ukraina ittifoqchilari yoki BMT sanksiyalariga uchragan. Bu haqda Bloomberg agentligiga Panama dengiz boshqarmasi savdo floti bosh direktori Ramon Franko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir kamida 70 tanker reyestrdan olib tashlangan. Ushbu harakat mamlakatga 2 million dollargacha zarar keltiradi.
Savdo kemalari o‘z egalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lmagan turli mamlakatlar bayroqlari ostida suzadi. «Bayroq davlatlari» deb ataladigan mamlakatlar uskunalar va ekipajni tekshirish va sertifikatlash orqali sanoat xavfsizligi standartlarini saqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Panama 8 mingdan ortiq kemaga ega dunyodagi eng yirik bayroq registratorlaridan biridir.
Rossiya va Eronda neft va energetika sanoatiga cheklovlarning kuchaytirilishi «maxfiy flot» deb ataladigan, butun dunyo bo‘ylab sanksiyalangan yuklarni tashuvchi eski va ko‘pincha sug‘urtalanmagan kemalar nazoratini kuchaytirdi. O‘tgan yilning oktabr oyida Panama bunday kemalarni reyestrdan olib tashlash jarayonini soddalashtirdi. Franko so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon endi bir haftadan bir oygacha davom etadi (ilgari besh oydan olti oygacha davom etgan).
Mavzuga oid
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026