TikTok egasi Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi
ByteDance kompaniyasining asoschisi 41 yoshli Chjan Iminning boyligi 57,5 mlrd dollarga baholanmoqda.

Foto: Bloomberg
TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasining asoschisi 41 yoshli Chjan Imin Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bloomberg milliarderlar indeksi biznesmenning boyligini 57,5 milliard dollarga baholagan.
Reytingda ikkinchi pog‘ona 56,6 milliard dollar bilan Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asoschisi Ma Xuatenga nasib etgan. Tencent Xitoydagi eng mashhur messenjer — 1,3 milliard kishi foydalanadigan WeChat’ga egalik qiladi.
Kuchli uchlikdan, shuningdek, Nongfu brendi ostida ichimlik suv ishlab chiqaradigan kompaniya egasi 70 yoshli Chjun Shanshan o‘rin oldi. Uning boyligi 54,1 milliard dollarga baholangan.
Osiyodagi eng badavlat inson Mukesh Ambanining moliyaviy aktivlari biznesdagi muammolari sabab 90,9 milliard dollargacha qisqargan. 2024 yilda uning boyligi 120 milliard dollardan oshgandi. Hozir u 17-o‘rinni egallamoqda.
Sayyoraning eng boy insonlari reytingiga Ilon Mask boshchilik qilmoqda (336 milliard dollar). Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida The Guardian amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi dollardagi trillionerga aylanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Tabiiy, innovatsion, transformativ” – yaponlar o‘zbek pavilioniga qanday ta’rif bermoqda?
Jamiyat | 09:05
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi
Jahon | 09:04
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston | 08:50
Mavzuga oid

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

17:43 / 04.04.2025