Indoneziyada 16 yoşgaça bölgan 4,7 mln ijtimoiy tarmoq foydalanuvçisining akkaunti öçirib qöyildi. Bu haqda Reuters mamlakatning aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri Meutya Hafiga tayanib xabar bergan.
Ma’lum qilinişiça, TikTok 4,1 mln, YouTube esa 600 mingga yaqin akkauntni öçirgan. Bu mart oyida Indoneziyada “yuqori xavfli” deb tan olingan ijtimoiy tarmoqlarga 16 yoşga tölmagan foydalanuvçilarning akkauntlarini öçirib qöyiş majburiyatini yuklovçi tartib qabul qilingandan söng amalga oşirilgan. Hozirga qadar X, Instagram tarmoqlari va Roblox öyin platformasi uşbu qoidalar ta’siriga tuşgani ta’kidlangan.
Vazir hukumat nafaqat bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini çeklaşni, balki platformalarning öz siyosatini özgartirişni ham maqsad qilganini bildirgan.
“Biz şunçaki bolaning tarmoqqa kirişini keçiktirayotganimiz yöq, balki platformalarning özini tutiş madaniyati özgarişini istaymiz”, degan u.
Ma’lumot uçun, Indoneziyada ijtimoiy tarmoqlardan voyaga yetmaganlarning foydalanişini taqiqlovçi tartib 2026 yil 28 martdan kuçga kirgan. Unda voyaga yetmaganlarning «yuqori xavfli platformalar»dagi, xususan Facebook, Instagram, TikTok va Roblox’dagi akkauntlari bosqiçma-bosqiç öçirib boriş nazarda tutilgan.












