O‘zbekiston | 12:07 / 29.03.2025
2062
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada "Umra plyus O‘zbekiston" ziyorat turizm paketlari joriy qilinadi

Mamlakat elchixonasida "Umra plyus O‘zbekiston" mavzusida ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri va B2B shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Chet ellik sayyohlarni respublikaga keng jalb qilish maqsadida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qilishi qayd etildi.

2025 yil 4-5 fevral kunlari Malayziyaga oliy darajadagi tashrif doirasida Pinang shtatida "O‘zbekiston-Malayziya turizm forumi" muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi, "Umra plyus O‘zbekiston" dasturlari doirasida malayziyalik ziyoratchilarni respublikaga jalb qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilarga respublika turkompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan sayyohlik xizmatlari, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining turizm dasturlari, "Umra plyus O‘zbekiston", "ziyorat turizm" kabi turpaketlar haqida ham aytib o‘tildi.

"Umra plyus O‘zbekiston" dasturi doirasida malayziyaliklarning umra ziyoratidan oldin to‘rt kun davomida Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrif buyurishlari ko‘zda tutilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyacining Kuala-Lumpurdagi vakolatxonasi vakillari o‘z taqdimotlarida bugungi kunda Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar mavjudligini ta’kidladilar. 

Ikki mamlakat turoperatorlarining B2B shaklidagi uchrashuvlari doirasida "Umra plyus O‘zbekiston" turpaketi sotuvini Malayziyada keng yo‘lga qo‘yish orqali mamlakatga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid