Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
«Ushbu saodatli damlarda bu yilgi Ramazon oyini har tomonlama munosib o‘tkazib, Iyd-al-Fitrni el-yurtimiz bilan birga mana shunday shodu xurramlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz», dedi prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘lladi.
«Qadrli yurtdoshlar! Avvalo, siz azizlarni, butun xalqimizni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman», deyiladi tabrik nutqi boshida.
«Ushbu saodatli damlarda bu yilgi Ramazon oyini har tomonlama munosib o‘tkazib, Iyd-al-Fitrni el-yurtimiz bilan birga mana shunday shodu xurramlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz», dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, tub mohiyatida insonparvarlik g‘oyasi mujassam bo‘lgan muqaddas islom dinining ezgu qadriyatlari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga naqadar uyg‘un va hamohang ekani Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi.
«Ayniqsa, bu muborak oyning «Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi» degan g‘oya asosida o‘tkazilgani jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi», deyiladi tabrik nutqida.
Mirziyoyev kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar, keksa, nogiron va yolg‘iz insonlar holidan xabar olish, kambag‘al kishilarning og‘irini yengil qilish, uylar va mahallalarni obod etish, uch avlod vakillari ishtirokida ommaviy daraxt ekish, yangi bog‘u rog‘lar barpo etish bo‘yicha ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazilganini qayd etdi.
«Mana shu shukuhli ayyomda chet ellarda ona yurtga sadoqat tuyg‘usi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlab, ularga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Ushbu sharofatli kunda dunyoning uzoq-yaqin o‘lkalaridagi musulmon ummatini ham qizg‘in tabriklab, ularning xalqlari va mamlakatlariga do‘stlik salomimizni yo‘llaymiz. Aziz va muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Ramazon oyida qilgan barcha ezgu niyat va duolarimiz ijobat bo‘lsin! Alloh taolo jonajon Vatanimiz va xalqimizni o‘z panohida asrasin! Iyd-al-Fitr ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!», deyiladi tabrik nutqi yakunida.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
O‘zbekiston | 10:42
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
-
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
Jamiyat | 09:45
-
Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi
O‘zbekiston | 09:30
Mavzuga oid

18:52 / 01.04.2025
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»

17:06 / 01.04.2025
Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi

00:20 / 01.04.2025
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi

20:20 / 31.03.2025