Myanmadagi zilzila: Yevropa Ittifoqi 2,5 mln yevro yordam ajratdi
Yangi gumanitar yordam Myanmadagi eng zaif odamlarning hayotini saqlab qolish va shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi, deb xabar qildi Yevrokomissiya matbuot xizmati. Myanma xuntasining aytishicha, 700 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Foto: AP
Yevropa Ittifoqi Myanmada zilziladan jabr ko‘rgan kishilarga birlamchi, favqulodda yordam ko‘rsatish maqsadida 2,5 million yevro ajratmoqda, deyiladi 28 mart, juma kuni Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan press-relizda.
«Ushbu yangi insonparvarlik yordami Myanmadagi eng zaif odamlarning hayotini saqlab qolish va shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi, ayniqsa ko‘chirilgan odamlar va mojarolardan jabr ko‘rganlarga e’tibor qaratiladi», deyiladi hujjatda.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi zilzila ta’sirini baholashga yordam berish uchun o‘zining Copernicus sun’iy yo‘ldosh xizmatini ishga tushirgani xabar qilingan. «Yevropa komissiyasi gumanitar hamkorlar bilan birgalikda YeIning keyingi yordamini safarbar qilish maqsadida vaziyat va ehtiyojlarni joyida baholamoqda», — deya xabar qildi Yevropa Ittifoqi matbuot xizmati.
Mablag‘larning joriy ajratilishi hisobga olinsa, 2025 yilda Myanmaga YeI insonparvarlik yordamini moliyalashtirishning umumiy miqdori 35 million yevrodan ortiqni tashkil qiladi, deyiladi hisobotda. 1994 yilda Yevropa Ittifoqi Myanmaga gumanitar yordam ko‘rsatishni boshlaganidan beri umumiy mablag‘ 446 million yevroga yetdi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
-
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?
O‘zbekiston | 12:07
-
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?
O‘zbekiston | 11:53
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

21:46 / 06.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi

10:23 / 03.04.2025
Myanmadagi zilzila: 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi

20:53 / 01.04.2025