Myanma parlamenti quyi palatasi amalda mamlakatni boşqarayotgan harbiy xunta rahbari Min Aun Xlaynni uç nafar vitse-prezidentdan biri lavozimiga nomzod qilib körsatdi. Myanma qonunçiligiga köra, keyingi prezident aynan şu uç nafar vitse-prezident orasidan tanlanadi. Bu haqda 30 mart, duşanba kuni AFP agentligi mahalliy OAVga tayanib xabar qildi.
Prezident lavozimiga saylaniş imkoniga ega böliş uçun 69 yoşli Min Aun Xlayn 2011 yil mart oyidan buyon egallab kelgan oliy boş qömondon lavozimini ham tark etdi. Siyosiy tahlilçi Naing Min Kxantning fikriça, Myanma hokimiyatining bu qadamlari 2021 yilda davlat töntarişini amalga oşirgan xunta rahbari “qonuniylik niqobini saqlagan holda”, “mamlakatni temir qöl bilan boşqarişda davom etmoqçi” ekanini körsatadi.
Şu bilan birga, BBC qayd etişiça, Min Aun Xlayn oliy boş qömondon lavozimini tark etiş orqali öz hokimiyatini xavf ostida qoldirmoqda. U bu lavozimga öz tarafdori, razvedkaning sobiq rahbari Yye Vin Ooni tayinladi, biroq aytilişiça, armiyaning ayrim yuqori martabali qömondonlari mamlakat boşqaruvidan norozi. Ular tomonidan kelib çiqişi mumkin bölgan ehtimoliy tahdidning oldini oliş maqsadida Min Aun Xlayn maslahat kengaşi tuzgan bölib, bu tuzilma unga, rejaga köra, harbiy soha ustidan ham nazoratni saqlab qoliş imkonini beradi.
Myanmada 2021 yil fevralida harbiy töntariş sodir bölgan edi. Mamlakat rahbarlari, jumladan davlat maslahatçisi Aun San Su Çji va prezident Vin Min hibsga olingan. Hokimiyat Qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Min Aun Xlayn va harbiy tuzilmalar qöliga ötgan.
Generallar töntarişni 2020 yilgi saylovlarda göyoki qonunbuzarliklar bölgani bilan asoslaşga uringan. Öşa saylovlarda Tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Çji boşçiligidagi “Demokratiya uçun milliy liga” partiyasi katta ustunlik bilan ğalaba qozongan edi. Biroq harbiylar bu qoidabuzarliklarga doir heç qanday dalil taqdim etmagan. Aun San Su Çji bir qator ayblovlar böyiça aybdor deb topilib, qamoqqa olingan. 2024 yil aprelida esa u uy qamoğiga ötkazilgan.
2025 yil iyulida favqulodda holat rejimi tugagani rasman e’lon qilindi, ammo amalda mamlakatdagi hokimiyat hamon harbiylar nazorati ostida qolmoqda. 2025 yil dekabri — 2026 yil yanvarida esa mamlakatda töntarişdan keyingi ilk parlament saylovlari bölib ötdi. Ularning yakunlariga köra, parlamentning har ikki palatasidagi örinlarning katta qismi xuntaga yaqin bölgan “Ittifoq birdamligi va taraqqiyoti partiyasi” (USDP) a’zolari hamda harbiylar tomonidan egallandi.











