Bundan bir neça kun oldin 69 yoşli harbiy xunta yetakçisi prezidentlikka nomzodini qöyiş imkoniga ega böliş uçun Qurolli kuçlar boş qömondoni lavozimidan iste’foga çiqqan edi. Tanqidçilar bu saylovlarni Min Aun Hlaynning öz hokimiyatiga demokratik qonuniylik körinişini berişga urinişi sifatida baholamoqda.

Yanvar oyida fuqarolik uruşi domidagi Myanmada harbiy xunta taşkil etgan parlament saylovlari yakunlandi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, ularda harbiylar tarafdori bölgan Ittifoq birdamligi va taraqqiyoti partiyasi ğalaba qozongan. Kuzatuvçilar esa bu saylovlarni mamlakatda töntariş orqali hokimiyatni egallaganlar hukmronligini qonuniylaştirişga qaratilgan “soxta saylov” deb atagan.

Myanmada 2021 yil fevralida harbiy töntariş yuz bergan. Mamlakat rahbarlari, jumladan davlat maslahatçisi Aun San Su Çji va prezident Vin Min hibsga olingan. Hokimiyat Qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Min Aun Hlayn va harbiy tuzilmalar qöliga ötgan.

Generallar töntarişni 2020 yilgi saylovlarda göyo qonunbuzilişlar bölgani bilan izohlagan edi. Öşa saylovlarda Tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Çji boşçiligidagi “Demokratiya uçun milliy liga” partiyasi katta ustunlik bilan ğalaba qilgan. Ammo harbiylar bu qonunbuzilişlarga doir heç qanday dalil taqdim etmagan.

Aun San Su Çji bir qator ayblovlar böyiça aybdor deb topilib, qamoqqa olingan. 2024 yil aprelida esa u uy qamoğiga ötkazilgan.

2025 yil iyulida favqulodda holat rejimi tugagani rasman e’lon qilingan bölsa-da, amalda mamlakatdagi hokimiyat hanuz harbiylar nazorati ostida qolmoqda.