Kosmik chiqindilarni yo‘q qilishga qodir sun’iy yo‘ldoshlar yaratilmoqda
Ular qattiq metallda ishlovchi dvigatelga ega bo‘lib, orbitada uchib yurgan eski qurilmalar qoldiqlarini yoqilg‘iga aylantira oladi.

Foto: AP
Britaniyaning Magdrive startapi sun’iy yo‘ldoshlar uchun qattiq metallda ishlovchi yangi turdagi dvigatellarni taklif qilmoqda. Odatdagi tizimlardan farqli o‘laroq, bunday motorlar sun’iy yo‘ldoshlar manyovrchanligini o‘n barobarga oshiradi, deb yozmoqda CNN.
Koinot borgan sari chiqindiga to‘lmoqda. Kosmik davr boshlanganidan beri insoniyat 20 mingdan ortiq sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirgan. Ularning bir qismi allaqachon atmosferada yonib ketgan yoki okeanga qulagan, biroq 13 mingdan ortig‘i hali ham Yer atrofida harakatlanmoqda. Mazkur sun’iy yo‘ldoshlarning taxminan beshdan biri o‘z faoliyatini to‘xtatib, kosmik chiqindiga aylangan. To‘qnashuvlardan hosil bo‘ladigan bo‘laklar faol sun’iy yo‘ldoshlarga va hatto Xalqaro kosmik stansiyaga tahdid solmoqda.
Magdrive’ning magnit texnologiyasi esa metallni qaynoq plazmaga aylantirib, tortish kuchini oshiradi. Hozirda Magdrive misdan foydalanmoqda, biroq kelajakda boshqa qotishmalarni ham qo‘llashi mumkin.
Qiziq jihati — ushbu texnologiya kelajakda kosmik chiqindilarni yoqilg‘i sifatida ishlatish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi sun’iy yo‘ldoshlar orbitaning o‘zida metall to‘plash va uni energiyaga aylantirishga qodir bo‘ladi. Bu nafaqat chiqindilar miqdorini kamaytiradi, balki kosmik missiyalarni yanada mustaqil qiladi. Hozircha texnologiya ustida ishlar davom etmoqda, biroq bu g‘oya kelajakda kosmosda yopiq iqtisodiy tizim yaratishga yordam berishi mumkin, natijada, chiqindilar qimmatbaho resursga aylanadi.
Magdrive bilan bir qatorda orbitani tozalash yo‘nalishida boshqa kompaniyalar ham faol ish olib boryapti. Yevropa kosmik agentligi 2026 yilda ClearSpace-1 qurilmasini uchirishni rejalashtirgan. U to‘rtta robotlashtirilgan manipulyator bilan jihozlangan bo‘lib, yirik chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, yapon muhandislari LignoSat nomli dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni yaratgan — u atmosferaga kirganda butunlay yonib ketadi va zararli chiqindi qoldirmaydi.
Dvigatellarda metallni yoqilg‘i sifatida ishlatishning muammolaridan biri — sun’iy yo‘ldosh sirtining ifloslanish ehtimoli. Metall zarralari quyosh panellariga o‘rnashib, ularning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuningdek, huquqiy xarakterdagi muammolar ham mavjud. Xalqaro kelishuvlarga ko‘ra, hatto ishdan chiqqan sun’iy yo‘ldosh ham uning egasiga tegishli bo‘lib qoladi, bu esa ularni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

01:29 / 26.02.2025
Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

23:29 / 09.01.2025
SpaceX ilk bor Starship’ni bortiga sun’iy yo‘ldoshlar ortilgan holda kosmosga uchiradi

17:33 / 03.01.2025
Keniyadagi qishloqqa osmondan yarim tonnalik metall halqa qulab tushdi

22:10 / 19.11.2024