Kreml Trampning Putindan «jahli chiqqani» haqidagi iddaolarga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, «Tramp to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunday demagan».

Foto: RIA Novosti
Kreml AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan darg‘azab bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq, Tramp tinchlik kelishuvini imzolashni kechiktirayotgan va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning hokimiyatdan chetlatishni talab qilayotgan Putindan «darg‘azab bo‘lgani» haqida xabar berilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, «Tramp to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunday demagan».
«Ba’zi bayonotlar hikoya sifatida berildi, iqtibos ko‘rinishida emas. Bu birinchidan. Ikkinchidan, darhaqiqat aslida bir nechta turli bayonotlar berildi... Biz Amerika tomoni bilan, birinchi navbatda, avvalgi ma’muriyat davrida juda katta zarar ko‘rgan ikki tomonlama munosabatlarimizni tiklash ustida ishlashda davom etamiz», dedi Peskov.
U, shuningdek, «Ukrainani tartibga solish bilan bog‘liq ba’zi g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha ish olib borilayotganini» qo‘shimcha qildi, ammo hozircha aniq natijalar yo‘q. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Trampning yangi suhbati hozircha rejalashtirilmagan.
«Ish davom etmoqda, hozircha sizga ma’lum qilishimiz kerak bo‘lgan aniq ma’lumotlar yo‘q. Bu mavzuning murakkabligi tufayli vaqt talab etadigan jarayon. Prezident Tramp bilan aloqalarga mutlaqo ochiq. Zarurat yuzaga kelsa, ularning suhbati zudlik bilan tashkil etiladi», dedi Peskov.
Avvalroq, Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Putindan tinchlik muzokaralarini cho‘zib yuborayotgani uchun «darg‘azab» ekanini aytdi va agar bu davom etsa, Moskvaga bosimni kuchaytirishi bilan tahdid qilgan edi. U, shuningdek, Putinning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qilganidan «g‘azablanganini» qo‘shimcha qilib, Putin «xohlaydimi-yo‘qmi» Zelenskiy bilan kelishib olishi kerakligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

22:32 / 23.04.2025
Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti

09:05 / 23.04.2025
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

01:32 / 23.04.2025