KXDR ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar tufayli turizmni chekladi - OAV
Pxenyan mamlakatga kelgan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy postlari tufayli xavotir olgan.

Foto: AP
Shimoliy Koreya hukumati mamlakat shimoli-sharqidagi, Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh Rason maxsus iqtisodiy zonasida xorijiy sayyohlarni qabul qilishni to‘xtatdi. SCMP ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan mamlakatga kelgan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy postlari tufayli xavotir olgan.
«Turizm faoliyati qayta tiklanganidan so‘ng, xorijiy mehmonlar Shimoliy Koreyada jamiyatning va rejimning jihatlarini ochib beruvchi video va fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Materiallar xalqaro tanqidlarga sabab bo‘ldi va Shimoliy Koreya hukumatini turizmni vaqtincha to‘xtatishga undadi», dedi Seuldagi Koreya Milliy birlashish tadqiqot instituti vakili O Kyun-Sob.
Yanvar oyida, Covid-19 epidemiyasi tufayli yopilganidan beri birinchi marta Rason sayyohlarni qabul qildi. AQSh va Janubiy Koreyadan tashqari barcha mamlakatlardan kelgan mehmonlarga kirishga ruxsat berildi. Maxsus iqtisodiy zona Shimoliy Koreyaga turizm va xorijiy ishbilarmonlik faoliyati orqali iqtisodiy o‘sishni oshirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan edi. Shuningdek, Rason KXDR uchun xorijiy valuta manbai hisoblanadi.
5 mart kuni Xitoyning Koryo Group sayyohlik operatori Rasonga kirish sayyohlar uchun yopiqligini e’lon qildi. Agentlik bu harakatni misli ko‘rilmagan deb atadi. Hududni yopish vaqti va sabablari ko‘rsatilmagan. Xuddi shunday xabarlar boshqa xizmatlardan ham olingan.
E’tiborni tortgan salbiy videolar orasida, SCMP tomonidan qayd etilganidek, ballistik raketalar uchirilib, portlashi fonida shimoliy koreyalik bolalar qo‘shiq aytib, raqsga tushgan video bor. U britaniyalik bloger Mayk O'Kennedi tomonidan suratga olingan va ijtimoiy tarmoqqa joylangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

17:42 / 12.05.2025
Dunyodagi eng baxtli shahar aniqlandi

13:51 / 12.05.2025
O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi

19:20 / 10.05.2025