Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvadagi o‘quv mashg‘ulotlarida bedarak yo‘qolgan uch nafar amerikalik harbiyning jasadi topildi
AQSh armiyasi va Litva hukumati holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
Litvadagi poligonda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida bedarak yo‘qolgan amerikalik uch nafar harbiy xizmatchining jasadi topildi. Bu haqda AQShning Yevropa va Afrikadagi armiyasi qo‘mondonligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar jasadi 31 mart kuni topilgan. Holat bo‘yicha harbiylarning qarindoshlari xabardor qilinmagunga qadar ularning shaxsi oshkor etilmaydi. Hozirda yana bir amerikalik harbiy xizmatchini qidirish ishlari davom etmoqda.
«AQSh armiyasi va Litva hukumati sodir bo‘lgan voqeani tergov qilmoqda. Yangi ma’lumot aniqlanishi bilan biz natijalar to‘g‘risida xabar beramiz», — deyiladi qo‘mondonlik xabarida.
To‘rt nafar amerikalik harbiy Belarus bilan chegara yaqinida joylashgan Pabrade poligonidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan bo‘lgan va ular 25 mart kuni bedarak yo‘qolgan.
Harbiylar bilan birga M88 Hercules zirhli mashinasi ham yo‘qolgan edi. Qidiruv ishlari natijasida u poligondagi suv havzasidan topilgan. 31 mart kuni mashina u yerdan chiqarib olingan.
Litva prokuraturasi zirhli mashina chiqarib olinganidan keyin «o‘lim sabablarini aniqlash uchun» dastlabki tergov harakatlarini boshlaganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026