Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi yong‘inda 4 yoshli bola halok bo‘ldi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 4 yoshli bola yong‘in oqibatida halok bo‘ldi.
“Millar” dasturida xabar berilishicha, yong‘in 23 mart kuni 3 nafar qarindosh bola yerto‘laga tushib, o‘tin va xashaklarni yoqishi oqibatida yuz bergan. Yong‘in ichida qolgan bolalarning 2 nafari 2021 yilda, yana biri 2017 yilda tug‘ilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar bola deraza orqali qutqarib qolingan. Vafot etgan bolaning murdasi esa bobosi tomonidan topilgan.
Shifokorlarning yordami sababli ikki bolaning hayoti saqlab qolingan. Tuman tibbiyot birlashmasining xulosasiga ko‘ra, tirik qolgan bolalar yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l, oyoq va son qismlaridan kuyish jarohatini olgan.
Marhumning vafotiga tananing 100 foiz qismi 4-darajadagi kuyish oqibatida yuzaga kelgani, tana qismlarida to‘liq kuyish jarohati borligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan bolaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, uning xonadonida sodir bo‘lgan yong‘in sababini aniqlash uchun yong‘in texnikaviy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026
Izza qurilish bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026