Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Buyuk Britaniyada mutaxassislarning aksariyati masofadan ishlashni ma’qul ko‘radi. Agar ular to‘liq ofisga o‘tishga majburlansa, ishdan bo‘shash arizasini yozishga tayyor.

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada ishlaydigan mutaxassislarning deyarli yarmi (48 foizi) agar ish beruvchi ularni hafta davomida to‘liq ofisga qaytishga majbur qilsa, ishdan bo‘shash arizasini yozishga tayyor. Bu haqda Hays rekruting kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol mutaxassislar orasida bu ko‘rsatkich yanada yuqori — 58 foiz. So‘rov 8 mingdan ortiq xodimga ega kompaniyalar orasida o‘tkazilgan.
Xodimlarning 75 foizi gibrid ish jadvalini, ya’ni haftaning faqat bir qismini ofisda o‘tkazishni ma’qul ko‘radi. Hozirda bu kabi ish jadvalidan kompaniyalarning 77 foizi foydalanmoqda. Eng keng tarqalgan variant — haftada 3 kun ofisda ishlash bo‘lib, kompaniyalarning 25 foizi uni joriy etgan.
Mutaxassislarning 77 foizi uyda ko‘proq ishlashni xohlashining asosiy sababi — ish joyiga borishdagi transport xarajatlaridir.
Ish beruvchilarning 66 foizi xodimlarni to‘liq ofisga qaytishga majbur qilish salbiy oqibatlarga olib kelishidan xavotirda. Shu bilan birga, kompaniyalarning 52 foizi ofisda ishlaydigan va uydan ishlaydiganlarning samaradorligi bir xil ekanini ma’lum qilgan. Shunga qaramay, so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning 25 foizi xodimlarni ofisda tez-tez bo‘lishga chaqirgan.
Hays kompaniyasining operatsion direktori Pem Lindsi-Dannga ko‘ra, ish beruvchilar ofisga majburiy qaytishni joriy qilsa, eng yaxshi mutaxassislarni yo‘qotish xavfi borligini tushunishlari zarur.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi
Jahon | 08:59
-
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
Jahon | 08:26
-
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi
Jahon | 07:53
Mavzuga oid

23:42 / 25.04.2025
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

10:24 / 22.04.2025
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

20:31 / 21.04.2025