Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Bir necha kun avval Litvaning Belarus bilan chegarasida to‘rt nafar amerikalik harbiy yo‘qolib qolgandi. Mahalliy nashrlar amerikaliklar botqoqda botib qolgani haqida yozishgan bo‘lsa, AQShda harbiylar mashg‘ulot vaqtida halokatga uchraganini aytib chiqishdi. Hatto holatga Rossiya va Belarusning ishtiroki haqida mish-mishlar tarqaldi.

Amerikalik harbiylar 25 mart kuni Pabrade sharidagi poligonda g‘oyib bo‘ladi. To‘rt harbiy Belarus chegarasidan 10 km uzoqdagi poligonda mashg‘ulotda qatnashayotgan va ular «M88 Hercules» evakuatsiya mashinasida bo‘lgan. OAVda harbiylar o‘lgani haqida xabarlar tarqaldi, keyinroq NATO bosh kotibi Ryutte buni tasdiqladi. Amerika tomoni ham harbiylari o‘lganini tasdiqlab, qidiruv ishlarida bor imkoniyatini ishga solgani uchun Litvadagi ittifoqchilariga rahmat aytishdi.
Hozircha uch nafar harbiyning jasadi topilgan, to‘rtinchisini qidirish ishlari davom etmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida holatdan xabardor ekanini aytdi. «Mashina juda og‘ir bo‘lgan. Aftidan, ko‘lning cheti uning og‘irligini ko‘tara olmagan. Tun, havo juda sovuq, hamma yer muz bo‘lgan. Katta ehtimol mashina sirpanib ketgan», dedi Tramp. Biroq Litva saytlari harbiylar g‘oyib bo‘lgan kuni havo quruq bo‘lgani, harorat 7-12 darajagacha ko‘tarilganini yozgan.
M88 bronimashinasi juda og‘irligi va botqoqda botib qolish ehtimoli yuqoriligi uchun qidiruv ishlari qiyin kechgan. Qutqaruv operatsiyasida Polsha va estoniyalik maxsus guruhlar ham ishtirok etgan. Estoniya politsiyasi maxsus tayyorlangan itlarni jasadlarni qidirishga yuborgan.
Voqea joyiga borgan AQSh elchisi Kara Makdonald operatsiya texnik jihatdan juda murakkab ekanini qayd etib, Amerika nomidan Litvaga minnatdorlik bildirgan. U Litvani namunali ittifoqchi deb atadi.
Xaritada yo‘q botqoq
Litvalik botqoqlarni tiklash va himoya qilish fondi eksperti Neriyus Zabletskisning aytishicha, amerikalik harbiylar bronimashinada botib qolgan botqoqlik xaritada ko‘rsatilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xaritada negadir botqoqliklarni kichik qilib ko‘rsatishga urinishadi va bu xato. Ekspert Litva hukumatini botqoqliklarni aniq belgilashga chaqirdi.
Hozircha jasadi aniqlangan amerikalik harbiylarning shaxsi oshkor qilinmayapti. Chunki hali harbiylarning eng yaqin qarindoshlari ularning vafoti haqida xabardor qilinishi kerak.
Nimasi ahamiyatli?
Endi bu holat nimasi bilan ahamiyatli ekani haqida. Axir harbiylar mashg‘ulot vaqtida o‘lishi yangilik emas. Axir Litvadagi amerikalik harbiylar o‘ta murakkab holatlardagi harbiy mashg‘ulotda qatnashgani inobatga olinsa, bunday jarayonda xavf keskin oshadi. Litva amerikalik harbiylar o‘limiga qaramay, botqoqlik atrofidagi mashg‘ulotlarni bekor qilmoqchi emas, chunki bu qiyin mashg‘ulotlar reallikka yaqin hisoblanadi.
Bu hodisada eng e’tiborli jihat qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilish jarayoni. Litva hukumati to‘rt amerikalik jasadini qidirish uchun barcha xizmatlarni, hatto snayperlar polki shaxsiy tarkibi jalb qildi. Yetmaganiga Polshadan maxsus mexanizatsiya diviziyasi yordamga keldi. Estoniya politsiyasi jasadlarni topish uchun maxsus tayyorlangan eng yaxshi itlarini yubordi. Jarayonga noruda qurilish materiallari qazib olish uchun ishlatiladigan texnikagacha jalb qilindi. Xullas, operatsiya xalqaro tus oldi.
Litva hukumati rahbarlari boshqa ishlarini qo‘yib mana shu qidiruv ishlariga e’tibor qaratdi. Eng katta mulozimlar harbiy poligonga yetib bordi. Litvadagi kanallar ham asosan shu holat haqida gapirdi. Sababi oddiy, agar AQSh prezidenti Donald Tramp harbiylarimiz o‘limida Litva aybdor deb qolsa, tamom: Amerikaning hozirgi prezidenti qasdlashsa, yomon qasdlashadi. Axir u qo‘shnilarining ko‘zini ochirmayapti-ku.
Litva juda farovon, lekin kichik davlat. Uning qayerda joylashganini bilasiz. Bu ajoyib davlat o‘zini mustaqil himoya qilolmaydi. Shu sabab NATOga a’zo bo‘lgan. To‘g‘ri, Amerika baxtsiz hodisa ekani ko‘rinib turgan harbiylar o‘limi sabab Litva bilan aloqani yomonlashtirmasligi tabiiy, biroq Oq uyda nima qilishini hech kim taxmin qilolmaydigan odam o‘tirgani vaziyatni butkul o‘zgartirib yuboradi...
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Harvarddagi mojaro, geosiyosiy tanlov oldida qolgan Serbiya va Rossiyaga tahdid qilgan G7 – kun dayjesti
Jahon | 14:21
-
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:01
-
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
Jahon | 13:59
-
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
Mavzuga oid

19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

15:31 / 16.04.2025