Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
Mikoplazma pnevmoniyasi odatda kamdan-kam hollarda juda og‘ir kechadi. Ushbu infeksiyaga qarshi vaksina yo‘q.
Rossiyada tarqalayotgan va «noma’lum» deb tavsiflangan virus mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Rospotrebnadzor» xabar berdi.
Tashkilotning ta’kidlashicha, tarqalgan xabarlarda virus «yangi» deb atalmagan, faqat «noma’lum» (chunki u aniqlanmagan) deb atalgan. Bu «mikoplazma pnevmoniyasi» bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi va bu tez orada tasdiqlandi.
Shu bilan birga, «Rospotrebnadzor» vaziyat qattiq nazoratga olinganini ta’kidladi. Shuningdek, Rossiyada respiratorli infeksiyalar bo‘yicha, shu jumladan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, gripp, Covid-19 va pnevmoniya bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror va to‘liq nazorat ostida ekanligini qo‘shimcha qildi.
29 mart kuni mahalliy Telegram kanallar Rossiyada noma’lum virus paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlar yuqori isitma va kuchli yo‘taldan shikoyat qilgan, Covid-19 va gripp testlari manfiy chiqqan.
Mikoplazma pnevmoniyasi - Mycoplasma pneumoniae tomonidan qo‘zg‘atiladigan o‘pka atipik infeksiyasi. Kasallik kuchli va uzoq davom etadigan yo‘tal bilan kechadi. Bunda harorat ko‘tarilishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar kuzatilishi, bronxial obstruksiya rivojlanishi mumkin. Tashxisni tasdiqlash uchun PZR testini o‘tkazish tavsiya etiladi. Mikoplazma pnevmoniyasi odatda kamdan-kam hollarda juda og‘ir kechadi. Ushbu infeksiyaga qarshi vaksina yo‘q.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026