Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Ukrainada ilk bor optik tola orqali boshqariladigan va uzoq masofaga ucha oladigan FPV-dronlarni sinovdan o‘tkazildi. Ushbu dronlar bir necha o‘n kilometr masofani bosib o‘tish qobiliyatiga ega, deb yozadi Brave1.

Foto: Brave1
Sinov davomida 15 dan ortiq pilotsiz parvoz qurilmalari ishlab chiqaruvchilari o‘zlaring mahsulotlarini poligonda sinovdan o‘tkazdilar. Sinovlarda dronlar 20 kmdan ortiq masofani to‘siqsiz bosib o‘tib, va nishonga yaqinlashishni imitatsiya qilgan.
Shu paytgacha avval bunday dronlarning uchish masofasi atigi 5–10 kmni tashkil etgan bo‘lsa, bu gal 20 kmdan ortiq masofadagi nishonlarni ura oladigan yechimlar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Optik tolali FPV-dronlarning ustunliklari quyidagilardan iborat:
- Radioelektron kurash vositalariga to‘liq chap beradi —bunday dronlar radioelektron to‘siqlarga qaramay jangovar vazifalarni bajara oladi;
- Dushman uchun ko‘rinmas — radioto‘lqinlar chiqarmasligi sababli, radiorazvedka vositalari ularni aniqlay olmaydi;
- Sifatli aloqa — uzoq masofalardan turib ham video tasvirni barqaror va aniq uzatish imkonini beradi;
- Radiogorizont ta’sir qilmaydi — radiosignalga bog‘liq bo‘lmagani uchun dronlar uzoq masofada ham samarali boshqariladi.
Tadbirda shuningdek optik tola orqali boshqariladigan yetti turdagi yer usti robotlashtirilgan kompleks (YeURK)lar ishlab chiqaruvchilari ham ishtirok etib, sinov boshqaruvni namoyish etib berishdi.

«Optik tola — aloqa va radioelektron kurash sohasidagi o‘yin qoidalarini o‘zgartiruvchi omil, chunki u REK vositalari ta’sir qila olmaydigan barqaror aloqani ta’minlaydi. Biz optik tolani joriy etishga juda qiziqayapmiz, chunki bu orqali bizning YeURKlarimiz uzoq masofalarda harakat qilib, dushmanni yanada samarali yo‘q qilishimizga yordam beradi», – dedi «Da Vinchi bo‘rilari» batalionining robotlashtirilgan tizimlar xizmati rahbari kapitan Oleksandr Yabchanka.
Optik tolali dron — bu operator tomonidan boshqariluvchi FPV-dron bo‘lib, u bilan optik tolali kabel orqali aloqa qilinadi. Video signali ham shu kabel orqali uzatiladi. Shu tariqa, bunday dronni boshqarishda radiochastotalar qo‘llanilmaydi va u radioelektron kurash vositalarining ta’siriga tushmaydi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
-
AQSh Rossiyaning Sumiga zarbasini qoralovchi G7 rezolyutsiyasini blokladi
Jahon | 19:41
-
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:39
Mavzuga oid

17:34
Sumiga ikkitalik raketa zarbasi: Rossiya shaharga qanday va nima bilan hujum qildi?

17:01
Zelenskiy Sumi oblasti rahbarini ishdan bo‘shatdi

16:59
Zelenskiy parlamentga harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana uch oyga uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritdi

09:50