Xitoy Tayvan yaqinida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab, orol prezidentini «parazit» deb atadi
Tayvan demokratik davlatlarni «Xitoyni muammolar keltirib chiqarayotgani uchun qoralashga» chaqirdi.

Foto: Eastern Theatre Command
Xitoy Qurolli kuchlari armiyasi, floti, aviatsiya va raketa qo‘shinlari 1 apreldan Tayvan oroli yaqinida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi, deb xabar beradi CNN.
«Bu Tayvan mustaqilligi tarafdori bo‘lgan ayirmachi kuchlar uchun jiddiy ogohlantirish va kuchli tiyib turuvchi omil bo‘lib, Xitoyning suvereniteti hamda milliy birligini himoya qilish uchun qonuniy va zaruriy choradir», — deyiladi XXR armiyasi qo‘mondonligi bayonotida.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida xitoylik harbiylar Tayvanga «bir nechta yo‘nalishda yaqinlashadi» va turli manyovrlarni sinovdan o‘tkazadi.
Xitoy harbiylari o‘z bayonotida Tayvan prezidenti Lay Lay Tsindeni «parazit» deb atadi. XXR tomonidan e’lon qilingan rolikda Tayvan rahbari qo‘lida ovqat uchun mo‘ljallangan tayoqni yonayotgan orol uzra ko‘tarib turgan qo‘ng‘iz ko‘rinishidagi multqahramon sifatida tasvirlagan.
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Tayvan atrofidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar boshlanishiga bag‘ishlangan videoni e’lon qildi.
Tayvan rasmiylari harbiy mashg‘ulotlarni «haddan tashqari mas’uliyatsizlik» deb atab, demokratik davlatlarni «Xitoyni muammolar keltirib chiqarayotgani uchun qoralashga» chaqirdi. Tayvan Mudofaa vazirligi esa Xitoy Xalq Respublikasi mashg‘ulotlarini kuzatish va «tegishli choralarni ko‘rish» maqsadida samolyotlar va kemalar yuborilganini ma’lum qildi.
Xitoy Tayvanni o‘zining hududi deb hisoblaydi. XXR hukumati bir necha bor orolni kuch bilan nazorat ostiga olishga tayyorligini bildirgan. Bloombergʼga ko‘ra, Xitoy Tayvanga hujum qilsa, urush jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foiziga tushishi bilan birga, XXRning AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvlariga sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi
Jahon | 21:19
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025