Rossiyada migrant bolalar uchun rus tili imtihoni shartlari kuchaytirildi
Endi migrant bolalar Rossiyada maktabga qabul qilinishi uchun rus tili imtihonidagi savollarning 90 foiziga to‘g‘ri javob berishi kerak.

Foto: TASS
Rossiyada 1 apreldan boshlab maktablarga migrant bolalarni qabul qilishda rus tili bilimini sinovdan o‘tkazishni talab qiluvchi qonun kuchga kirdi. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinning ta’kidlashicha, imtihondan o‘tish uchun bolalar savollarning 90 foiziga to‘g‘ri javob berishi kerak. Ushbu qoida barcha sinf o‘quvchilariga tegishli.
Endi Rossiya fuqaroligi bo‘lmagan bolalar uchun imtihon shartlari quyidagicha bo‘ladi:
- 1-sinfda - 10 ta savoldan 9 tasiga to‘g‘ri javob berish;
- 2–5-sinflarda – 20 ta topshiriqdan 18 tasi;
- 6–9-sinflarda – 22 ta topshiriqdan 20 tasi;
- 10-11-sinflarda - 24 ta topshiriqdan 22 tasi.
Avvalroq, «Rosobrnadzor» chet el fuqarolarini maktablarga qabul qilish uchun 30 foizlik marra joriy etishni taklif qildi. Ammo Volodin bu normani migrant bolalarni majburiy testdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunning qadrsizlanishi deb atadi. Natijada deputatlar «Rosobrnadzor» taklifini rad etdi.
Volodinning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Davlat Dumasi deputatlari «migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan» 14 ta qonun ishlab chiqdi va qabul qildi. Davlat Dumasi raisi, shuningdek, migrant bolalarni rus tilini bilish uchun sinovdan o‘tkazish masalasini nazoratdan olib tashlanmaganini aytdi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda qariyb 784 ming nafar voyaga yetmagan migrant bor.
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025