Zelenskiy Mers Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazilishiga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda
Volodimir Zelenskiy Fridrix Mers Germaniya kansleri bo‘lganidan keyin Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berishga rozi bo‘lishiga umid qilayotganini aytdi. Ukraina prezidenti AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini ham kutmoqda.

Foto: TASS/HANNIBAL HANSCHKE
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyada Fridrix Mers kansler bo‘lganidan so‘ng Berlin Kiyevga TAURUS uzoq masofali qanotli raketalarni yetkazib berishiga umid bildirdi. Ukraina rahbari bu so‘zlarni 1 aprel, seshanba kuni Kiyevda Germaniya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Annalena Berbok bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.
«Biz buning ustida ishlaymiz, muzokaralar olib boramiz. Tafsilotlarga kelsak, yangi kansler saylanganda va u yangi vazirlar mahkamasiga ega bo‘lganda, shundan keyingina bu savolga javob bera olaman», — dedi Zelenskiy. Nemis jurnalistining TAURUS yetkazib berilishidan umidvormi yoki yo‘qmi, degan aniq savoliga Ukraina prezidenti shunday javob berdi: «Ha, albatta. Umid qilyapman».
Berbok xuddi shu savolga yaqin kelajakda Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimini tark etishini va shuning uchun bo‘lajak hukumatning qadamlari uchun javobgar bo‘la olmasligini aytdi. U Mersning ushbu mavzu bo‘yicha oldingi bayonotlariga e’tibor berishga chaqirdi.
Avvalroq Germaniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlari konservativ bloki yetakchisi Mers bir necha bor Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish tarafdori bo‘lgan edi. U muxolifat yetakchisi sifatida Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan kansler Olaf Sholsni Ukraina Qurolli kuchlariga ushbu turdagi qurollarni berishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi
Jahon | 14:55
-
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston | 14:51
-
Misrdan uzilayotgan G‘azo, Trampning Rossiyaga chaqirig‘i va «Boj urushi»da chekinmayotgan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 14:26
-
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

11:11
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

09:43 / 11.04.2025
Zelenskiy Rossiyaga qarshi «kuchli sanksiyalar paketlari»ni anons qildi

08:31 / 10.04.2025
Zelenskiy: Ukraina AQShdan 50 mlrd dollarlik qurol sotib olmoqchi

00:52 / 10.04.2025