Malayziyaning 11 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlari vaqtincha to‘xtatildi
Mamlakat transport vaziri qidiruv ishlari joriy yil oxirida yana tiklanishi ma’lum qilindi.

Foto: AFP/Getty Images
Ocean Infinity kompaniyasi Malaysia Airlines’ning bundan 11 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Malazyziya transport vaziri Entoni Loke ma’lum qildi.
«Ular [Ocean Infinity] operatsiyani vaqtincha to‘xtatdi, qidiruv ishlari joriy yil oxirida qayta tiklanadi», — deydi vazir. Lokening so‘zlariga ko‘ra, hozir qidiruv ishlarini olib borish uchun qulay mavsum emas.
Kuala-Lumpur – Pekin yo‘nalishida MH370 reysini amalga oshirgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 2014 yil 7 martdan 8 martga o‘tar kechasi havoga ko‘tarilganidan bir soat o‘tmay radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Layner bortida 227 yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, layner qulagan va uning qoldiqlari Hind okeanining janubiy tubiga g‘arq bo‘lgan. 2015 yil yanvarida Malayziya rasmiylari bortdagilarning barchasini rasman halok bo‘lgan deb e’lon qilgan.
Samolyot yoki yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini topishga bo‘lgan barcha urinishlar hozircha muvaffaqiyatsiz kechgan. 120 ming kilometr kvadrat maydonda olib borilgan suvosti qidiruv ishlarida qoldiqlar izi topilmagan. Turli vaqtlarda turli joylarda yo‘qolgan samolyotga tegishli 27 ta parcha topilgan. Bundan ekspertlar mashina parchalanib ketgan degan xulosaga kelgan, biroq ular bu havoda yoki suvga urilganda sodir bo‘lgani hamda nima sababdan yuz berganini oxirigacha aniqlay olmagan. MH370 reysi taqdiri sirligicha qolmoqda.
2015 yil yozda Boeing samolyotining qanot qopqog‘i, keyingi yillarda Afrika sohillarida havo kemasining yana 30 ga yaqin bo‘laklari topilgan. 2017 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi qo‘shma qidiruv ishlari yangi ma’lumotlar yo‘qligi sababli to‘xtatilgan edi.
Ocean Infinity kompaniyasi 2018 yilda ham qidiruv ishlarini amalga oshirgan, biroq samolyot izini topa olmagan. 2024 yil martda kompaniya yana qidiruv ishlarini tiklashni taklif qildi va dekabr oyida Malayziya hukumati bu boradagi yangi shartnomani ma’qulladi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
O‘zbekiston | 10:54
-
10 aprelda Istanbulda Rossiya va AQSh vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Jahon | 10:48
-
Malayziya Toshkentda reabilitatsiya markazini tashkil etadi
O‘zbekiston | 10:40
-
Tumanlarda energiya balansini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi
O‘zbekiston | 10:30
Mavzuga oid

10:40
Malayziya Toshkentda reabilitatsiya markazini tashkil etadi

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

11:29 / 05.04.2025
Malayziya O‘zbekiston kimyo sanoatida uchta loyihaga investitsiya kiritishi mumkin

16:10 / 31.03.2025