Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada sho‘rvadan kemiruvchi chiqqani tufayli salkam 2 mingta restoran vaqtincha yopildi
Kemiruvchi bilan bog‘liq hodisa Sukiya restoranlarining birida yuz bergan. Natijada, restoranlar tarmog‘ining aksiyalari qiymati tushib ketdi.
Yaponiyaning Sukiya restoranlar tarmog‘i mijozlar sho‘rvasidan kemiruvchi chiqqanidan keyin barcha ovqatlanish maskanlari faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar beradi NHK.
Hodisa 21 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Biroq kompaniya bu haqda faqat o‘lik kemiruvchi haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, oradan 2 oy o‘tib xabar bergan. 28 mart kuni Tokiodagi restoranda amalga oshirilgan buyurtmadan esa suvarak topilgan. Mazkur xabarlar fonida restoranlar tarmog‘ini boshqaruvchi Zensho Holdings qimmatli qog‘ozlari qiymati tushib ketdi.
Shundan keyin Sukiya tarkibiga kiruvchi 1900 taga yaqin restoran faoliyati 31 martdan 4 aprelga qadar to‘xtatib qo‘yildi. Bunda faqat savdo markazlarida joylashgan nuqtalar yopilmadi.
Sukiya mol go‘shti, guruch va piyozdan tayyorlanadigan yapon taomi — gyudonni tayyorlashga ixtisoslashgan. Kompaniya 4 apreldan aksariyat ovqatlanish shoxobchalari faoliyatini qayta boshlashini ma’lum qildi, biroq ular endi kun-u tun ishlamaydi: restoranlar «intensiv tozalashlar» uchun bir soatga yopiladi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026