Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyani to‘liq otashkesimga majburlash yo‘lini tushuntirdi
Rossiya Ukraina bilan qo‘shimcha shartlarsiz to‘liq otashkesimga rozi bo‘lishi mumkin. Ammo bunga Amerika Qo‘shma Shtatlarining bosimi orqali erishish mumkin, dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Dnepropetrovsk oblasti ishbilarmonlari bilan uchrashuv chog‘ida bayonotini Prezidenti ofisi matbuot xizmati keltirmoqda:
«Ukraina to‘liq va sharsiz otashkesimga tayyor ekanini ko‘rsatdi – buni hamma ta’kidlayapti. Biz hech qanday shart qo‘ymayapmiz va rossiyaliklar ham hech qanday shart qo‘yish huquqiga ega emas», – dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina otashkesim evaziga Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga qarshi. Bu pozitsiyani Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham qo‘llab-quvvatlayapti.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya otashkesimdan «bo‘yin tovlamoqda», chunki frontda muayyan natijalarga erishmoqchi. Buni dushmanning Sumi, Xarkiv va Zaporijjya yo‘nalishlarida hujum rejalari isbotlab turibdi. Ammo dushman o‘z rejalarini amalga oshira olmadi.
«Menimcha, amerikaliklarning kuchaytirilgan bosimi va ular bilan olib boriladigan muloqot baribir otashkesimga olib keladi», – deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026