Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘ini 1 mlrd dollar jarimaga tortishga tayyorlanmoqda - NYT
Bu YeI va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni «yanada keskinlashtirishi» mumkin, chunki ushbu sanksiyalar Donald Trampga yaqin maslahatchilardan biriga qaratilyapti.
Foto: REUTERS
Yevropa regulyatorlari Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘iga dezinformatsiya va noqonuniy kontentga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun «jiddiy sanksiyalar» qo‘llashni rejalashtirmoqda. Muhokama qilinayotgan choralar orasida yirik miqdorda jarima ham mavjud, deb xabar beradi The New York Times.
Gazetaning qayd etishicha, X’ga qo‘yiladigan ehtimoliy jarima YeI va AQSh munosabatlarini «yanada keskinlashtirishi» mumkin, chunki ushbu sanksiyalar prezident Donald Trampga yaqin maslahatchilardan biriga qaratilyapti. Jarimalar 2025 yil yozida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Jarimadan tashqari Yevropa regulyatorlari X’dan «mahsulotga o‘zgartirish kiritish»ni talab qiladi. Aynan qanday o‘zgarishlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, hozircha YeI hukumati Maskning ijtimoiy tarmog‘iga qanday miqdorda jarima tayinlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, jarima bir milliard dollardan oshishi mumkin. Uning fikricha, regulyatorlar shu tariqa boshqa kompaniyalarni qonunbuzarlikdan qaytarishni maqsad qilgan.
NYT manbalariga ko‘ra, agar ijtimoiy tarmoq o‘z siyosatiga o‘zgartirishlar kiritishga rozi bo‘lsa, YeI va X o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin.
X’ga nisbatan tergov 2023 yilda boshlangan. 2024 yil yozda Yevrokomissiya ijtimoiy tarmoq YeIning raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunining qator moddalarini buzayotganini ma’lum qilgandi. Yevroittifoq versiyasiga ko‘ra, X «verifikatsiyadan o‘tgan akkauntlar» (ko‘k belgili) interfeysini noto‘g‘ri qo‘llamoqda — bu esa foydalanuvchilarni chalg‘itadi. Bunday akkauntni «istagan odam» qo‘lga kiritishi mumkin, natijada foydalanuvchilarda bu kabi profillar haqiqiyligi va ularda e’lon qilinayotgan ma’lumotlar ishonchliligiga shubha paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
12:04 / 16.04.2026
Yangi biometrik chegara nazorati YeI aeroportlarida muammo chiqardi
07:45 / 09.04.2026
Infografika: Xitoy qarzi YeIni ortda qoldirdi
11:06 / 06.04.2026