Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koştaning ta’kidlaşiça, sammitga tayyorgarlik işlari yuqori darajada işonç va faollik bilan olib borilgan. Biroq Buyuk Britaniyadagi siyosiy vaziyat özgargani bois uçraşuvni keyinroq ötkazişga qaror qilingan.

Koşta Kir Starmerning Yevropa bilan munosabatlarni yaxşilaşga qaratilgan siyosatini yuqori baholab, uning vorisi ham şu yönalişni davom ettirişiga umid bildirgan. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ham şunday fikrni bildirib, Starmerning YeI va Buyuk Britaniya örtasida işonçga asoslangan yangi munosabatlar şakllanişiga hissa qöşganini ta’kidlagan.

Bayonotlar Moldova prezidenti Mayya Sandu iştirokidagi qöşma matbuot anjumanida yangradi. Sandu öz navbatida Yevropa Ittifoqi kelajakda yanada kengayişi tarafdori ekanini bildirib, Ukraina, Moldova, Ğarbiy Bolqon davlatlari va Buyuk Britaniya bilan yaqin hamkorlik muhimligini qayd etgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer iste’foga çiqişini ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, qaror mamlakatdagi past reytinglar va siyosiy bosimlar ortidan qabul qilingan. Starmer Leyboristlar partiyasi rahbarligidan ketişini, ammo yangi rahbar saylangunga qadar boş vazir vazifasini bajarib turişini aytgan.

Siyosatçiga nisbatan bosim may oyida bölib ötgan mahalliy saylovlarda Leyboristlar partiyasining kutilgan natijani qayd eta olmaganidan keyin kuçaygan. Şuningdek, uning siyosatidan norozi bölgan ayrim vazirlarning iste’fosi va partiyadoş raqibi Endi Byornemning qöşimça parlament saylovidagi muvaffaqiyati ham Starmerning qaror qabul qilişiga ta’sir körsatgan omillar sifatida baholanmoqda.