Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralarning ikkinçi va uçinçi klasterlarini oçiş jarayonini qöllab-quvvatlamadi. Bu haqda Ukrainaning «Yevropeyskaya pravda» naşri Yevropa Ittifoqidagi manbalariga tayanib xabar qildi.
Ma’lumotlarga köra, mazkur qaror 17 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Kengaşining kengayiş masalalari böyiça işçi guruhi (COELA) yiğilişida qabul qilingan.
Muzokaralarning ikkinçi klasteri içki bozor masalalarini, uçinçi klasteri esa raqobatbardoşlik va inklyuziv iqtisodiy ösiş yönalişlarini qamrab oladi.
Yiğiliş iştirokçilari Ukraina va Moldovaga uşbu ikki klaster böyiça rasmiy muzokara pozitsiyalarini taqdim etiş söralgan maktubni yuborişni rejalaştirgan edi. Biroq Vengriya faqat Moldovaga uçinçi klaster böyiça murojaat yuborilişini qöllab-quvvatlagan.
Naşr manbalariga köra, Yevropa Ittifoqining boşqa qator a’zo davlatlari Ukraina va Moldovani muzokara jarayonida alohida körib çiqiş taklifiga qarşi çiqqan. Natijada masala yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinmay, uni 22 iyul kuni bölib ötadigan navbatdagi COELA yiğilişida qayta muhokama qilişga kelişilgan. Bu yiğiliş yozgi tanaffusdan avvalgi sönggi uçraşuv böladi. Şundan keyin işçi guruh faoliyati 1 sentabrgaça töxtaydi.
Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari 15 iyun kuni Ukraina va Moldova uçun «Asoslar» deb nomlangan birinçi muzokara klasterini rasman oçgan edi. 14 iyul kuni esa har ikki mamlakat uçun taşqi munosabatlarga bağişlangan oltinçi klaster böyiça ham muzokaralar boşlangan.
Garçi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş jarayoni rasman 2024 yil iyun oyida Lyuksemburgda boşlangan bölsa-da, aynan muzokara klasterlarining oçilişi mamlakat qonunçiligini Yevropa Ittifoqi talablariga moslaştiriş böyiça amaliy muzokaralarning boşlanganini anglatadi. Bu jarayon 2026 yil iyuniga qadar Vengriyaning pozitsiyasi sabab töxtab qolgan edi.
Iyun oyi oxirida ham Vengriya Yevropa Ittifoqida Ukraina va Moldovaning a’zoligini qöllab-quvvatlovçi qöşma murojaatni Yevropa Kengaşi va Yevropa komissiyasiga yuborişga qarşi çiqqan yagona davlat bölgan.
Vengriya boş vaziri Peter Madyar bu pozitsiyani izohlar ekan, Ukraina uçun barça oltita muzokara klasterini bir vaqtning özida oçiş töğri qaror emasligini ta’kidlagan. Uning fikriça, bunday qadam Serbiya, Albaniya, Çernogoriya va Şimoliy Makedoniya kabi Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş yölida uzoq yillardan beri harakat qilib kelayotgan Ğarbiy Bolqon davlatlariga nisbatan notöğri siyosiy signal yuborişi mumkin.

















