Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 5 aprel kuni BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT TD o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, xususan, Qoraqalpog‘iston va Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
«Yoshlar, sog‘liqni saqlash, madaniyat va barqaror turizmni taraqqiy ettirish bilan bog‘liq masalalar — ijobiy va uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun asos yaratishi mumkin bo‘lgan muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil fikr almashdik. Biz jamoatchilikni, ayniqsa, yosh avlodni ularning g‘ayrati, ijodkorligi va yangiliklarga intilishidan kelib chiqib, taraqqiyot jarayoniga jalb etishga intilamiz. Qarashlarimiz BMT TD maqsadlariga to‘g‘ri kelishidan, hamohang ekanidan xursandman, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali g‘oyalarni joylarda odamlarga sezilarli foyda keltiradigan real loyihalarga aylantirishimiz mumkinligiga ishonaman», dedi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
19:36 / 21.04.2026
BMT bosh kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:14 / 20.04.2026