Malayziyaning yetakchi aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Capital A Berhad kompaniyasi raisi va hammuassisi Kamarudin Meranun hamda Air Asia X aviakompaniyasi bosh ijrochi direktori Benyamin Ismoil bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuv boshida Kamarudin Meranun Air Asia X Berhad aviakompaniyasi joriy yilning may oyidan e’tiboran Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar sotuvini boshlash va sentabr oyidan haftasiga 4 marotaba muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.
Kompaniya raisi o‘zining tarmoq kompaniyalari va O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi – Uzbekistan Airways kompaniyasi bilan birgalikda respublika shaharlarini Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari bilan bog‘laydigan yirik aviahablarga aylantirish niyatida ekanini bildirdi.
"O‘zbekistonga Malayziya va Indoneziyadan musulmon sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida guruh qoshida faoliyat yuritayotgan Ikhlas sayyohlik kompaniyasi mamlakatingiz turoperatorlari bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor. Shuningdek, O‘zbekistonga bo‘lajak aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash hamda sayyohlar uchun yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishish maqsadida kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga safari rejalashtirmoqda", dedi u.
Capital A Berhad guruhi Osiyodagi eng yirik va yetakchi kam budjetli (low-cost) aviakompaniya hisoblanadi. Aviakompaniya parki 200 ta samolyotdan iborat. Aviatsiya holdingi 6 ta (AirAsia Malaysia, AirAsia X, AirAsia Thailand, AirAsia Indonesia, AirAsia Philippines, AirAsia Cambodia) aviakompaniyani birlashtiradi. AirAsia X kompaniyasi uzoq masofali reyslarni amalga oshiradi. Holding Kuala-Lumpur, Bangkok, Jakarta, Manila, Pnompen aeroportlaridan xab sifatida foydalanadi. Hozirgi kunda aviaguruhning marshrut tarmog‘i 160 dan ortiq yo‘nalishdan iborat. Ular Osiyo va Okeaniyadagi yirik aeroportlarni qamrab oladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

13:57 / 07.04.2025