Jahon | 08:00 / 08.04.2025
2609
1 daqiqa o‘qiladi

Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori

Foto: Que Pasa

Grenlandiya parlamenti 7 aprel kuni o‘tgan oydagi saylovlardan so‘ng ilk marta yangi tarkibda yig‘ildi va eng yirik partiya — «Demokratit» yetakchisi Yyens-Frederik Nilsenni bosh vazir lavozimiga tasdiqladi, deb xabar bermoqda DR.

Grenlandiya bosh vaziri lavozimiga tasdiqlanganidan keyin Nilsen o‘z hukumat tarkibini e’lon qildi. Unga beshta parlament partiyasidan to‘rttasining vakillari kiritildi.

Grenlandiyaning avvalgi bosh vaziri Mute Egede Moliya va soliqlar vazirligini boshqarishni o‘z zimmasiga oldi. Tashqi aloqalar masalasi esa avvalgidek Vivian Motsfeldt zimmasida qoldi.

Grenlandiyaning yangi hukumati avtonomiyani kengaytirish va Daniyadan ehtimoliy mustaqillik uchun harakat qilmoqda. Biroq ular AQSh tarkibiga kirishni ma’qul ko‘rmayotganini ma’lum qilishgan.

Mavzuga oid